Ulyanovsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ulyanovsk (1780 y.gacha — Sinbirsk, 1924 y.gacha — Simbirsk) — RF Ulyanovsk viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Volga va Sviyaga daryolari boʻyida. T.y. chorrahasi. Daryo porti (Kuybishev suv ombori). Aeroport bor. Aholisi 636 ming kishi (2002). Shahar 1648 y.da Sinbirsk istehkomi sifatida vujudga kelgan. 18-a. boshlaridan Kozon gubernyasida. 1780 y.da Simbirsk noibligiga asos solingan. 1796 y.dan gubernya shahri. 19-a.da Volga boʻyidagi don, baliq, qoramol, yogʻochtaxta savdosi markazlaridan boʻlib qoldi. Oziq-ovqat sanoati rivojlandi. Mashinasozlik va metallsozlik (aviatsiya sanoat majmui, "Avto UAZ" i.ch. birlashmasi; motor, ogʻir va unikal stanoklar, "Kontaktor" va b. zavodlar), qurilish materiallari i.ch., kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, badiiy muzeylar, I.A.Goncharov tarixiymemorial muzeyi; tarixiymemorial qoʻriqxona bor. Meʼmoriy yodgorliklardan: gimnaziya (18-a.), Lenin memoriali binosi (1967—70) mavjud. V.I.Ulyanov (Lenin) nomiga qoʻyilgan (Simbirskda tugʻilgan).