Ufa (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ufa — shahar (1586 y.dan), Boshqirdiston Respublikasi poytaxti. Oq Idil daryosiga Ufa va Dema daryolari quyiladigan joyda. T.y., dare, avtomobil va havo yoʻllari chorrahasi. Aholisi 1042,4 ming kishi (2002). Shahar 1574 y.da boshqirdlar qalʼasi Toʻratau oʻrnida rus qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1781 y.dan Ufa noibligi, 1796 y.dan Orenburg , 1865 y.dan Ufa gubernyasi markazi. 1922—91 y.larda Boshqirdiston Muxtor SSR, 1991 y.dan Boshqirdiston Respublikasi poytaxti.

Neftni qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi ("Bashneft" i.ch. birlashmasi, Novoufim, Ufa neftni qayta ishlash zavodlari, "Ufaneftexim", "Ufaorgsintez" korxonalari), mashinasozlik va metallsozlik (motorsozlik, priborsozlik, agregat, "Orgtexnika" i.ch. birlashmalari; "Elektroapparat", "Promsvyaz", "Ufaselmash" va b. zavodlar), yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Boshqirdiston universiteti), Rossiya FA ning ilmiy markazi, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri). Boshqirdiston davlat badiiy muzeyi, M. Gʻafuri muzeyi bor. Shahar markazida Salavat Yulayevga yodgorlik oʻrnatilgan.