Turkmanchoy tinchlik shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Infanteriya generali I. F. Paskevich va Shahzoda Abbos-Mirza Turkmanchayda tinchlik shartnomasini imzolashda
Imzolangan sanasi 1828-yil10-fevral
Imzolangan joyi Tabriz yaqinidagi Turkmanchay shahrida
Imzolangan

Infanteriya general I. F. Paskevich, davlat maslahatchisi A. M. Obretskov,

Shahzoda Abbos-Mirza, tashqi ishlar vaziri Mirza Abul Hasan xon
Tomonlar

Rossiya imperiyasi tomonidan Infanteriya general I. F. Paskevich, davlat maslahatchisi A. M. Obretskov,

Fors davlati tomonidan Shahzoda Abbos-Mirza, tashqi ishlar vaziri Mirza Abul Hasan xon

Turkmanchoy shartnomasi (Turkmanchoy shartnomasi[1]) — Rossiya imperiyasi bilan Qajarlar Eroni (Fors) oʻrtasida tuzilgan, rus-fors urushi natijasida (1826-1828) imzolangan tinchlik shartnomasi. 1828-yil 10-(22)fevralda Turkmanchoy hududida (Tabriz yaqinida) Rossiya Imperiyasi tomondan piyoda qoʻshin general I. F. Paskevich tomonidan imzolangan. Fors davlati nomidan Fors shahzodasi Abbos Mirzo va tashqi ishlar vaziri Mirzo Abul Hasanxon imzolashgan. 1828-yil 20-martda Nikolay I va Fath Ali Shoh tomonidan ratifikatsiya qilingan. Aleksandr Griboedov shartnoma shartlarini ishlab chiqishda ishtirok etdi[2][Комм. 1].

Shartnomaning ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmanchoy shartnomasi imzolanishidan oldin Eronning shimoli-g'arbiy chegaralari
Erivan va Naxichevan xonliklari Rossiya imperiyasiga berilgan. 1902-yil xaritasi

Shartnoma Guliston tinchlik shartnomasi (1813)[3] boʻyicha Rossiyaning fors hududlaridan ma'lum qismini qoʻlga kiritilishini tasdiqladi. Turkmanchoy shartnomasiga binoan - Erivan va Naxichevan xonliklarini tarkibida bo'lgan Sharqiy Armaniston hududlari bilan birga Rossiyaga[4][5][6][7][8][9][10][11][12][13] [14] berib yuborildi. Shuningdek, Fors armanlarning Rossiya chegaralariga ko'chirilishiga aralashmaslik majburiyatini oldi[Комм. 2][5][15]. Forsga 20 million kumush rubl miqdorida tovon to'lashi bo'yniga qo'yildi. Tomonlar elchilar darajasida missiya almashdilar. Rossiya hukumati Rossiya bilan shartnoma imzolagan Abbos Mirzoni Fors taxti vorisi deb tan oldi. Davlatlar oʻrtasidagi yangi chegara Araks daryosi qirg'oqlari bo'ylab o'tadigan bo'ldi[3].

Forslarning Tabrizda tovon toʻlashi

Tinchlik shartnomasi bilan bir vaqtda savdo shartnomasi ham imzolandi (" Fors bilan rus va fors subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) savdosi to'g'risida tuzilgan risola"). Ushbu shartnomaga ko'ra rus subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) butun Eron bo'ylab erkin savdo qilish huquqini oldilar. Shartnoma Rossiyaning Kavkazdagi mavqeini mustahkamladi. Yaqin Sharqda Rossiya ta'sirini kuchayishiga yordam berdi va Britaniyaning Forsdagi mavqeyiga putur yetkazdi. Shunday qilib, shartnoma Rossiya savdo kemalari uchun Kaspiy dengizida suzish erkinligini va Rossiyaning bu yerda dengiz flotiga ega bo'lish huquqini tasdiqlandi. "Savdo to'g'risidagi maxsus shartnoma" ga ko'ra, "Eron hududida Rossiya subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) o'rtasida yoki subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) va boshqalar o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va sud ishlari masalasi Rossiya subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) Rossiya diplomatik vakillarining yurisdiksiyasiga bo'ysunadi[16]. Rossiya va Eron subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) o'rtasidagi sud ishlari Eron hukumati tomonidan ko'rib chiqilishi kerak edi, lekin har doim Rossiya missiyasi yoki konsulligining vakillari ishtirok etishlari shart qilib qo'yildi[17].

Shartnoma Forsda yashovchi armanlar uchun katta ahamiyatga ega edi. Shartnoma imzolangandan so'ng o'n minglab armanlar[Комм. 3] Rossiya hududiga ko'chib o'tdi. Shu bilan birga, imzolangan shartnomalarga muvofiq ko'chirilgan armanilar o'z mol-mulkini boj va soliqlarsiz olib chiqish huquqiga ega edilar.

Gʻarblik va eronlik tahlilchilarining fikriga ko'ra, Turkmanchoy shartnomasi Eronning kelajakdagi taqdiriga, xususan, iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarga olib keldi[16]. Eron o'ziga yuklatilgan tovonni toʻlash uchun aholiga yangi soliqlar joriy etilishini e’lon qilingani, koʻpchilikning noroziligiga sabab boʻldi. J.Kayening fikricha, Turkmanchoy shartnomasi “Eronga chuqur tajovuzkorlik” edi [18]. Fridrix Engels “Turkmanchoy shartnomasi Forsni Rossiyaning vassaliga aylantirdi” [18], deb taʼkidladi. Eronlik tarixchi Mehdi Mojtahediyning fikricha, Turkmanchoy shartnomasi “Guliston shartnomasidan koʻra alamli va zararliroq” boʻlib chiqdi, chunki “Eron butunlay taslim boʻldi, qojarlar esa Rossiyaning siyosiy quliga aylandi” [18]. Boshqa bir eronlik muallif M. Afsharning yozishicha, “Turkmanchoy Eronning siyosiy tanazzulining boshlanishi boʻlib, shoh imperiyasi nafaqat qudratli qoʻshnisiga qarshi kurashishi, balki unga qarshilik koʻrsatish huquqidan ham mahrum etilgan edi [18]. Eron tarixchilari Derbentni “Eron eshigi” deb atab kelgan edi. Eron uchun Kavkazning Rossiya imperiyasiga berilishi “nafaqat uning hududining bir qismini yoʻqotilishi”, balki "o'zining eng murosasiz dushmani uchun" “Eron eshiklarining ochilishi” [18] degan xulosaga keladi.

Keyingi davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmanchoy shartnomasi tuzilganidan ko'p o'tmay , Rossiya-Turkiya urushi (1828-1829) boshlanishi munosabati bilan Buyuk Britaniya tomonidan qo'zg'atilgan Eron hukumati kelishuv shartlarini buzishga harakat qildi. Eron hukumati tomonidan shartnomaning buzilishi, o'sha paytdagi Tehronda joylashib olgan Rossiya rezidenti A. S. Griboedovning noroziliklariga sabab bo'ldi. 1829-yil 11-fevralda Rossiyaga qarshi norozi kayfiyatdagi jamoa(Britaniya agentlari bilan chambarchas bog'langan va Shohga yaqin kishilar bo'lgan) Rossiya rezidentligiga hujum qilishdi, natijada A. S. Griboedov vafot etdi. Eron bilan yangi qurolli to'qnashuvga kirishishni istamagan imperator Nikolay I Shoh[17] ning rasmiy uzr so'rashi qabul qildi va shu bilan cheklangan edi.

Turkmanchoy shartnomasi oktabr sotsialistik inqilobigacha[17] Rossiya-Eron munosabatlarining belgilovchi hujjat edi.

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izohlar
  1. В своём рапорте Николаю I командующий русскими войсками И. Ф. Паскевич высоко оценил роль Грибоедова в получении от Персии огромной по тем временам контрибуции в 20 млн рублей серебром: «Ему я обязан мыслью не приступать к заключению трактата прежде получения вперед части денег, и последствия доказали, что без сего долго бы мы не достигли в деле сем желаемого успеха».
  2. В договоре не указывалась этническая принадлежность лиц, имеющих право беспрепятственного переселения на российскую территорию вместе со своим имуществом; де-факто подавляющее большинство таких лиц составляли армяне.
  3. Относительно точного количества переселившихся имеются разные мнения (см. Переселение армян после Туркманчайского мира).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Т. 3: Дипломатия в период подготовки второй мировой войны : (1919-1939 гг.) / cоставили: проф. Минц И. И., проф. Панкратова А. М., акад. Потемкин В. П., акад. Тарле Е. В. и Колчановский Н. П. - 1945. - XII, с. 803 - 883 с.
  2. Щербатов А. П. „Глава вторая“,. Генерал-фельдмаршал князь Паскевич : Его жизнь и деятельность / По неизданным источникам составил Генерального штаба генерал-лейтенант князь Щербатов. СПб.: Типография Р. Голике, 1891 — 95 bet. 
  3. 3,0 3,1 George A. Bournoutian. Armenia and Imperial Decline. The Yerevan Province, 1900–1914. Routledge, 2018 — 7 bet. ISBN 9781351062626. 
  4. George A. Boumoutian. A Concise History of the Armenian People (From Ancient Times to the Present). Mazda Publishers, Inc., 2006 — 241 bet. 

  5. 5,0 5,1 Туркманчайский договор 1828; статья из БСЭ
  6. Eastern Europe and the Commonwealth of Independent States, 1999, p. 134:
  7. George A. Bournoutian „Armenian“,. An Ethnohistorical Dictionary of the Russian and Soviet Empires. Westport, Conn.: Greenwood press, 1994 — 45 bet. ISBN 9780313274978. 

  8. „Armenia“,The Oxford Encyclopedia of Economic History.. NY: Oxford University Press, 2003 — 157 bet. ISBN 9780195105070. 

  9. „Vol. I. A-I“,Encyclopaedic Ethnography of Middle-East and Central Asia. New Delhi: Global Vision Publishing House, 2005 — 53 bet. ISBN 8182200628. 

  10. „Armenia“,A Political Chronology of the Middle East, First edition, UK: Psychology Press, 2001 — 1 bet. ISBN 9781857431155. 

  11. Robert H. Hewsen. The Geography of Ananias of Sirak (ASXARHACOYC). Reichert, 1992 — 194 bet. 

  12. Charlotte Mathilde Louise Hille. State Building and Conflict Resolution in the Caucasus. Brill, 2010 — 64 bet. ISBN 9789004179011. 

  13. Charlotte Mathilde Louise Hille. State Building and Conflict Resolution in the Caucasus. Brill, 2010 — 64 bet. ISBN 9789004179011. 

  14. Балаян Б. П. 1988.
  15. Дипломатический словарь. — М.: Государственное издательство политической литературы. А. Я. Вышинский, С. А. Лозовский. 1948
  16. 16,0 16,1 Кузнецова Н.А.. Иран в первой половине XIX века. М.: Наука. Главная редакция восточной литературы, 1983 — 59 bet. 
  17. 17,0 17,1 17,2 {{{заглавие}}}. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "словарь" defined multiple times with different content
  18. 18,0 18,1 18,2 18,3 18,4 Балаян Б. П. 1967.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]