Turgʻunpoʻlat Daminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turgʻunpoʻlat Daminov
Tavalludi 25-aprel 1941-yil
Vafoti 7-fevral 2022-yil(2022-02-07)
(80 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobi

Turgʻunpoʻlat Obidovich Daminov (1941.25.04. Toshkent - 2022.07.02) — pediatr-infeksionist olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1980), tibbiyot fanlari doktori (1986), professor (1987), ToshTIni tugatgan (1964). Bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi assistenti, dotsenti (196982), mudiri (1982— 84), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi pediatriya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1984— 90), 1-ToshTI rektori (1990-yildan). D. bolalarda uchraydigan gepatitning davomli va surunkali xillari shakllanishini klinik-patogenetik nuqtai nazardan oʻrgandi. Bolalarda uchraydigan V virusli gepatitning davomli xilini samarali davolash usulini ishlab chikdi va amaliyotga tatbiq etdi. Koʻpincha chaqaloqlar oʻlimiga sabab boʻladigan nafas yoʻllari kasalliklari belgilarini aniqladi. 1997-yildan Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati. Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi (SDP) Siyosiy kengashining birinchi kotibi (1995-yildan). "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997-yildan). Polsha tibbiyot fanlari akademiyasi akademik (1999). "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-fevral.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil