Tumek-kichidjik qabristoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tumek-kichidjik qabristoni—Soʻngi neolit davriga oid muhim yodgorlik hisoblanadi. Bu yodgorlik 1972-yilda Amudaryoning quyi oqimidan topilgan. U yerda izlanish tadqiqotlar 1973-1974-yillarda olib borilgan. Qazishmalar vaqtida 27 ta qbr oʻrganilgan.Qabrga dafn etilganlar chalqanchasiga yotqizilgan boʻlib, boshlari asosan shimoli-sharqqa qaratib qoʻyilgan va kiyim boshlari bilan koʻmilgan.Skletlar uatida taqinchoqlar saqlanib qolgan. Tosh qurollar va sopol buyumlarning parchalari qoʻyilgan. Qabrdagi suyaklarda qizil rang izlari mavjud. Bu ularning diniy eʼtiqotlari bilan bogʻliq boʻlgan. Izlanishlar hamda tadqiqotlar natijasida neolit davrida Zarafshon daryosining beshta tarmogʻi Amudaryoga qoʻshilganligi aniqlandi. Mazkur tarmoqlar Qizilqum hududida katta, kichik koʻllarni hosil qilgan.Zarafshon daryosining yirik tarmogʻi Moxondaryo boʻlib, uning ham oqimida koʻllar shakllangan. Bugungi kunda ular shoʻrlanib, xalq orasida Katta tuzkon,Kichik tuzkon deb atalib kelinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. N. A. Egamberdieva. Arxeologiya. Toshkent—2011.58-59-bet