Tropik siklon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tropik siklon — tropiklaraa yuzaga keladigan dovul tezligidagi shamol va jala yogʻinlarga boy boʻlgan past bosimli atmosfera gʻalayoni. T.s. ikkala yarim sharning 5 va 25° kengligida sodir boʻladi. T. s.lar oʻrta kengliklardagi siklonparga nisbatan kichik koʻlamli (diametri 80—1000 km) boʻlib, shamollari va muttasil yogʻib turuvchi yomgʻirlari bilan xarakterlanadi. T.s.ning tropik dovul (shamol tezligi 32,6 m/s gacha) va tropik boʻron (shamol tezligi 80—100 m/s va undan yuqori) xillari (q. Toʻfon) mavjud. T.s. 2 sutkadan 3 haftagacha davom etadi. Har yili Yer yuzida 100 dan ortiq boʻlib, koʻpincha yozning oxiri — kuzning boshida kuzatiladi. Halokatli sellar va momaqaldiroqlar bilan birga kelib katta vayronagarchiliklarga olib keladi. T.s.lar yozgi yarim yillikda tropik konvergensiya (bir-biriga oʻxshash) zonasi ekvatordan ancha uzoq tropik okeanlar tomoniga siljigan joylarda kelib chiqadi.