Troll

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alfred Smedberg yozgan Piksilar va trollar orasida (1912) bolalar kitobidan bezak.

Troll nordik mifologiya va skandinav folkloridagi gʻayritabiiy maxluqdir. Qadimgi skandinav asotirlarida trollar uzoq togʻ-toshlarda kichik guruh boʻlib yashashlari, odamlarga kamdan-kam yordam berishlari hikoya qilinadi. Nisbatan yangiroq manbalarda trollar xavfli mavjudot, deb koʻrsatiladi. Trollar tashqi koʻrinishi borasida tayinli fikr yoʻq, turli manbalar ularni turlicha: goh qoʻrqinchli, gohida odamdan deyarli farq qilmas qilib tasvirlanadi.

Internet madaniyatida „troll“ nomi bilan boshqa foydalanuvchilar jigʻiga teguvchi va oʻz mutoyibasi uchun turli axloqbuzarlik qiluvchi shaxslar tushuniladi.