Triada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Triada (yunoncha: triados — uchlik) — borlik va tafakkur taraqqiyotining 3 bosqichliligini bildiruvchi tushuncha. Platon va neoplatonizm, ayniqsa, Prokl tomonidan ishlab chiqilgan. Nemis klassik idealizmi vakillari, xususan, Gegel uni asosiy dialektik rivojlanish tamoyili sifatida talqin etgan. Gegel fikricha, har qanday rivojlanish jarayoni 3 bosqichni oʻtaydi: tezis (dastlabki holat), antitezis (qaramaqarshilikka oʻtish, inkor qilish), sintez (qaramaqarshiliklarning yangi bir butun holga kelishi).