Travmatizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Travmatizm — kishilarda sodir bo'ladigan travmalar majmui; 2 guruhga boʻlinadi: 1) ishlab chiqarish. (sanoat va qishloq xoʻjaligi.) T.i; 2) ishlab chiqarish.dan tashqari T., yaʼni transport, kucha, turmush, sport, bolalar T.i va h.k. Ishlab chiqarish T.i koʻproq sanoat da mehnat shartsharoitining bevosita taʼsiri (mas., xavfeizlik texnikasi va mehnat muhofazasidagi kamchiliklar, mehnatning notoʻgʻri tashkil etilishi va boshqalar), ishchining malakasizligi, ruhan, jismonan toliqishi (yaʼni qattiq charchash, tob qochishi va h.k.) oqibatida, shuningdek, qishloq xoʻjaligi.da murakkabroq mashinalar bilan ishlaganda ishchi texnik bilimining yetarli emasligi, baʼzan mexanizatorning tartibintizomga rioya qilmasligi va boshqalarda yuzaga keladi. Ishlab chiqarishdan tashqari T. (koʻcha T.i)ga koʻproq shahar transporti, alkogolizm va h.k. sabab boʻladi. Turmushda uy mehnati bilan shug'ullanayotgan (uy yigʻishtirish, elektr asboblardan foydalanish payti)da sodir boʻladi. Sport mashg'ulotlarining noto'g'ri usulda olib borilishi va tashkil etilishi, shugullanuvchining betobligi yoki qo'polligi, mashg'ulot maydoni va sport asboblarining nosozligi va boshqa oqibatida ro'y berishi mumkin. Bolalar T.i ko'proquchraydi. Bu bolalar sho'xligi, tajribasizligi, elektrdan shikastlanishi, ko'chada esa transport serqatnov joylarda o'ynashi, velosiped uchishi va kelib chiqadi.