Toxarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toxarlar, toʻxorlar — Markaziy Osiyoning kadimiy etnoslaridan biri. Ilk marotaba yunonrim manbalarida toxar, tagur (mil. av. 1 — mil. 1-a.lar), keyinroq esa, ilk oʻrta asrlarda hind manbalarida tukxara, xitoy yilnomalarida tuxolo, qad. turk manbalarida toqar (toʻqar), toxri (toʻxri) shakllarida qayd etiladi. Koʻpchilik olimlar (E. V. Rtveladze, Yu. A. Zuyev) T.ni hindevropa tillari oilasining alohida tarmogʻi hisoblaydilar. Baʼzi tadqiqotchilar (G. V. Bayle, V. Genning) esa ularni hindevropa til oilasining eron guruhiga kiritadilar. Yunon manbalaridan maʼlum boʻlishicha, T. mil. av. 2-a. oʻrtalarida bir guruh koʻchmanchi qabilalarning Sharqiy Turkistondan chiqib, jan.gʻarbda YunonBaqtriya podsholigshsh bosib olishida ishtirok etadilar va Amudaryoning yuqori havzasida joylashib qoladilar. Ptolemey (mil. 1-a.) T.ni "Baqtriyaning eng katta xalqi" sifatida tilga oladi. Ilk oʻrta asrlarda Baktriya oʻlkasining Toxarispgon nomi bilan yuritila boshlanishi ham ularning milodning ilk asrlaridan boshlab Baqtriya aholisining koʻp sonli va hukmron tabaqasini tashkil etganligini koʻrsatadi. Baqtriya oʻlkasi qad. Xitoy yilnomalarida Dasya shaklida qayd etiladiki, tadqiqotchilar uning toxar soʻzining xitoycha talaffuzidir, deb hisoblaydilar.

T.ning ilk vatani masalasi bahsli. Bir qism tadqiqotchilar fikricha, ularning ilk ona yurti Shim. Qora dengizboʻyi yoki Volgaboʻyi dashtlari boʻlib, mil. av. 3ming yillikda Old Osiyo orqali sharqqa, Oʻrta Osiyo orqali Sharqiy Turkistonga borib joylashganlar. Boshqa tadqiqotchilar fikriga koʻra, T.ning ilk vatani aynan Sharqiy Turkiston boʻlib, ular bu yerning avtoxton (tub joy) aholisi bulgan va mil. av. soʻnggi asrlarda Oʻrta Osiyo va Baqtriyaga koʻchib oʻtishgan. Bir qancha tadqiqotchilar qad. Xitoy yilnomalaridagi yuechji va yunonrim manbalaridagi T.ni bitta xalq deb, hisoblashadi va ular dastlab hozirgi Xitoydagi Gansu (Kengsuv) viloyatida yashaganliklarini taʼkidlaydilar. Aynan Sharqiy Turkiston hududida T.ga mansub braxmiy xatida bitilgan koʻplab qad. yozma yodgorliklar topilgan. Ushbu yozma asarlarning asosiy qismi mil. 5—10-a.

larda yaratilgan boʻlib, aksariyati buddaviy asarlar va matnlarning toxarcha tarjimalari yoki qayta ishlanmalaridir. Bundan tashqari, Lobnor koʻli atrofidan topilgan Krorayna davlatining mil. 3—4-a.larga mansub prakrit tilidagi hujjatlarida toxarcha suzlarning uchrashi toxar tilining ushbu davrgacha tarqalganligini koʻrsatadi.

3. Validiy fikricha, ular asli uraloltoy xalqlariga mansub boʻlib, keyinchalik toxar etnonimi Sharqiy Turkistonga koʻchib kelgan hindevropaliklarning bir guruhi uchun qoʻllanila boshlagan. Xususan, toxar etnonimining yasalishi uraloltoy tillariga xosdir. Ushbu til oilasiga mansub xalqlarda —ar (er) "odam" ot yasovchi qoʻshimchasi asosida koʻplab etnik nomlar vujudga kelgan. Jumladan, avar, majar (mojor), bulgʻar (bulgʻor), tatar, xazar, sabar kabi. Toxar etnonimi ham xuddi shu shaklda paydo boʻlgan, yaʼni toxarq"toxQar".

Shuningdek, Dunxuandan topilgan ilk oʻrta asrlarga taalluqli "SakXoʻtanBrahma" yozuvli "qavmlar va geografik nomlar roʻyxati"da sharqiy turklarning besh tardush urugʻidan biri tugara etnonimini toxar bilan tenglashtiradilar. Oʻgʻuzlarning bir urugʻi boʻlgan toʻgar (doʻker) nomini ham toxar etnonimi bilan bogʻlaydilar. Bular qatoriga turkmoʻgʻul qabilasi boʻlmish jaloyirlarning bir urugʻi toxraut, Old Osiyoda yashagan oqqoʻyunli turklarning tuxarlu singari etnonimlarini qoʻshish mumkin. Bundan tashqari, fors til guruhiga mansub osetinlarning yana bir nomi digor deb yuritiladiki, tadqiqotchilar uni toxar etnonimining izlaridan biri hisoblashadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Rtveladze E.V., Velikiy shyolkoviy put, T., 1999; Zuyev Yu. A., Ranniye tyurki: ocherki istorii i ideologii, Almati, 2002.

Gʻaybulla Boboyorov.