Toshqin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshqin, daryolarning toshish i — daryoda suv sathining nisbatan qisqa vaqt ichida tez nomuntazam koʻtarilishi va deyarli shunday tezlikda pasayishi. T. qor va muzliklarning shiddatli erishi, yogʻin koʻp yogʻishi, suv omborlaridan suv tashlash, togʻlardagi koʻllar, toʻgʻonlarni, toʻsiq dambalarni suv vayron qilishi va h.k. natijasida sodir boʻladi. Bahorgi sersuvlikdan farkli oʻlaroq, T. yilning turli davrlarida roʻy beradi. Oʻrta Osiyo togʻlarida qor tez yoki sekin erishi, shuningdek, yomgʻirlar natijasida tog daryolarida ketma-ket (baʼzida 4—7 martagacha) T. sodir boʻladi, togʻ daryolari shu bilan tekis yerlardagi daryolardan farq qiladi. T. oddiy va murakkab turlarga boʻlinadi. Oddiy T. butun havzaga bir tekis tushadigan bir yoʻla yoqqan yomgʻir (soatlab yoki sutkalab) yoki vaqt birligida erigan qor natijasida sodir boʻladi. Murakkab T. daryoning yuqori qismida ketma-ket yuz beradigan T. natijasida roʻy beradi.

Oʻrta Osiyoning katta daryolari (Amudaryo, Sirdaryo)da qishda havoning isib ketishi tufayli daryodagi qalin muz qatlamlari jadal erib, T. yuz beradi. Bunday T. da suv muz qatlami ostida dare oqimi boʻylab quyiga harakat qiladi, muz yorilishi natijasida suv sathi keskin koʻtariladi va baʼzan maksimal darajada ortib ketadi.

Katta T. yerlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. Suv omborlari T. davrida suvning bir qismini yigʻib olishga, undan kamchil davrlarda sugʻorish va b. maqsadlarda foydalanishga imkon beradi (q. Daryo oqimini tartibga solish). T. boʻyicha prognoz gidrometeorologiya tarmoklari stya va postlari maʼlumotlari asosida tuziladi.

Ziyomiddin Artukmetov.