Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi
Joylashuvi Toshkent shahri, Amir Temur maydoni
Turi Maktab
Asos solinishi 1879-yil
Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi Vikiomborda

Toshkent oʻqituvchilar seminariyasi 1879-yilda Toshkentda ochilgan va dastlab Turkiston oʻqituvchilar seminariyasi deb nomlangan. Seminariyaning asosiy vazifasi maktablar, shu jumladan rus tilidagi maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlash boʻlgan.

Bu yerda asosan Turkistonda istiqomat qilgan rus koʻchmanchilarining farzandlari oʻqigan, oʻlkaning mahalliy tub aholisidan oʻquvchilar soni kam edi. Masalan, 1886-yilda 61 oʻquvchidan atigi 9 nafari mahalliy millat vakillari, 1883–1904-yil, seminariyani bitirgan 254 nafar talabadan 39 nafari mahalliy aholiga mansub edi.

1918-yilgi inqilobdan keyin bu yerda sovet oʻzbek maktablari uchun oʻqituvchilar tayyorlash boshlandi. 1920-yilda viloyat erkaklar taʼlimi institutiga aylantirildi.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seminariyada: Xudo qonuni, pedagogika, rus tili, arifmetika, algebra, geometriya, fizika, tabiatshunoslik, umumiy tarix, geografiya, chizmachilik, xattotlik, qoʻshiqchilik, musiqa, tikuvchilik, gimnastika, qozoq va fors tillari oʻrgatilgsn. 1884-yildan boshlab V. P. Nalivkin tashabbusi bilan qozoq tili oʻrniga oʻzbek tilini oʻqitish joriy etildi. U oʻzbek va fors tillari boʻyicha antologiyalar, lugʻatlar, grammatika va darsliklar tuzgan[1].

Manzil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab, seminariya polkovnik Tartakovskiyning uyida joylashgan boʻlib, A. L. Benois (1881-1887)[2] loyihasi boʻyicha qayta qurilgan. 1887-yilda Konstantinovskiy maydoni yonida yangi bino qurildi[3].

Uy cherkovi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1898-yilda E. P. Dubrovin, A. L. Benois loyihasiga koʻra, seminariya binosining gʻarbiy qismiga knyaz Aleksandr Nevskiy nomidagi besh gumbazli uy cherkovini qoʻshib qoʻyildi. Cherkov XX asrning 30-yillarida yopilgan, gumbazlari buzib tashlangan. Binoning oʻzidan turli maqsadlarda foydalanish davom etirildi. SSSR parchalanganidan keyin u xususiy mulkka aylandi va ofis binosi sifatida foydalanilishga topshirildi.

Sobiq cherkov meʼmoriy yodgorlik boʻlib, himoyalangan maqomga ega edi. Shunga qaramay, 2009-yil 18-21-noyabr dam olish kunlari shahar hokimiyatining qarori bilan yangi qurilishiga yoʻl ochish uchun buzib tashlandi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]