Tongdemun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dongdaemun (kor. 동대문?, 東大門?- katta sharqiy darvoza) — Tongdemun, shuningdek Heunginjimun (soʻzma-soʻz „koʻtarilayotgan mehribonlik darvozasi“) Koreya respublikasi poytaxti Seul markazidagi darvoza, shahar ramzlaridan biri.

Koreys tilida „Dongdaemun“ soʻzi oʻzbek tilida „buyuk sharq darvozasi“ degan maʼnoni anglatadi. Bu nom Joseon sulolasi davrida Seulni oʻrab turgan devordagi asosiy sharqiy darvozaga berilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tongdemun 1398-yilda qirol Taejo davrida qurilgan, 1453-yilda rekonstruksiya qilingan va 1896-yilda hozirgi koʻrinishini olgan.

Tongdemun bozori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunga kelib, Tongdemun atrofidagi hududda Tongdemun bozori (koreyscha: 동대문시장) joylashgan. U yuqori darajadagi savdo maydonlarini, kunning katta qismida ochiq boʻlgan bir nechta yer osti doʻkonlari, savdo rastalari va bozorlarni oʻz ichiga oladi. Bu hudud Janubiy Koreyadagi eng yirik savdo markazidir. 2007-yilda Seulda Tongdemun stadioni (beysbol maydoni) egallab turgan hududni qayta qurish uchun Tongdemun obodonlashtirish loyihasi boshlandi. Dunyoga mashhur arxitektor Zaha Hadid bilan birgalikda ishlab chiqilgan yangi dizayn boʻyicha Tongdemunni taʼmirlash ishlari tugallangach, u Seulning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Darvoza Jongno 6-koʻchasidagi Jongno-gu tumani hududida joylashgan. 2010-yildan boshlab Seul metrosining bozorga eng yaqin bekati nomi "Tongdemun tarix va madaniyat bogʻiga oʻzgartirildi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]