Tokugava Ienobe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tokugava Ienobu — Yaponiya tarixidagi Edo davrida oltinchi shogun hisoblangan va u 1709-1712-yillarda hukmronlik qilgan. Tsunayoshining bolalari boʻlmagan va 1704-yilda asrab olgan jiyani lenobu shogun boʻldi. lenobuning otasi Tokugava Tsunashige toʻrtinchi va beshinchi shogunlarning ukasi edi. Tokugava lenobu 1712-yil 14-oktyabrda vafot etgan.

Hukmronlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shogun lenobu hukmronligi qisqa boʻlgan. Uning davrida Konfutsiy olimi Aray Xakuseki va shogunning shaxsiy kotibi Manabe Akifusa davlat ishlariga katta taʼsir koʻrsatdilar. Ikkinchisi oʻrinda Noh teatri aktyori boʻlgan va shogunning sevimli insoni boʻlgan. Ienobu davrida hukumatni boshqaruvdagi xatolari uchun bir nechta amaldorlar ishdan boʻshatildigan, Tsunayoshining hayvonlarga rahm-shafqat toʻgʻrisidagi farmonlari bekor qilingan va ularni buzgani uchun mahkumlar ozod qilindi. Tanganing zarari toʻxtatildi, shogun sudida hashamatni cheklash choralari koʻrildi va amaldorlar orasida tozalash amalga oshirildi. Ushbu chora-tadbirlar bakufu moliyaviy ishlarini yaxshilashga qaratilgan edi. Tsunayoshi syogun davrida ham soliq tushumlari 28-29% ga kamaygan. Qabul qilingan chora-tadbirlar maʼlum bir ijobiy natija berdi, ammo bu faqat keyingi yettinchi shogun bilan namoyon boʻldi-1713-yilda soliqlar yigʻilishi koʻpaygan.

Davlat inqirozi va uning sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1641-yildan boshlab Yaponiyaning tashqi savdosi faqat Nagasaki porti bilan cheklanib qoldi, u yerda Gollandiyaning savdo punkti Xirado orolidan koʻchirildi, bu esa import va eksport oʻrtasidagi muvozanatni buzdi. Bundan tashqari, savdo cheklovlari joriy etildi. Oltin va kumush eksporti qisqartirildi, Nagasakiga kirishga ruxsat berilgan kemalar soni cheklandi, bu esa kontrabandaning koʻpayishiga va Nagasaki magistratida rasmiy intizomning buzilishiga va shahar aholisining qashshoqlashuviga olib keldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1] [2]

  1. Жуков, А.Е.. История Японии (rus tili), 1998. 
  2. Madvaliyev, Orifjon „Yaponiya Qirolligi“ (o'zbek tili). 2022-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.