Tohir Kapadze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tohir Kapadze
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tohir Veysalovich Kapadze
Tavallud sanasi 10-may 1955-yil (1955-05-10) (68 yosh)
Tavallud joyi Sovet IttifoqiSSSR,
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Boshqargan klublari
Years Team
198?—?
198?—?
1991
2011
201?
2013—2014
2015
2015—2017
Sovet IttifoqiTemiryoʻlchi
Sovet IttifoqiSementchi
Sovet IttifoqiAvtomobilchi
OʻzbekistonOʻzbekiston (olimp.)
OʻzbekistonBunyodkor –Qoʻqon
OʻzbekistonQoʻqon-1912
OʻzbekistonNeftchi (Fargʻona)
OʻzbekistonNeftchi (Fargʻona)

Tohir Veysalovich Kapadze (10-may 1955-yil) — oʻzbek futbol murabbiyi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida SSSR chempionatining turli liga bahslarida ishtirok etib, Oʻzbekiston SSR klublari safida toʻp surgan. 1970-yillarda murabbiylik faoliyatini boshlagan. Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ va Quvasoyning „Sementchi“ jamoalari murabbiylaridan biri boʻlgan. 1991-yilda „Avtomobilchi“ jamoasiga rahbarlik qilgan.[1]

Oʻzbekiston futbol federatsiyasida faoliyat yuritgan. 2011-yilda Vadim Abramov Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangach, Marat Miftaxutdinov va Tohir Kapadze uning yordamchilari etib tayinlanadi.[2][3] 2013-yilda Oʻzbekiston chempionati oliy ligasiga qaytib „Qoʻqon-1912“ klubi bosh murabbiyligiga saylangan.[4] Jamoani 2013—2014-yillarda boshqargan. 2015-yildan Fargʻonaning „Neftchi“ klubida faoliyatini davom ettirgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farzandlari Timur, Denis va Kamronbeylar ham futbolchi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Нефтчи» Тохир Кападзе“. 25-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  2. „Олимпийской сборной Узбекистана будут руководить два местных тренера“ (deadlink). 25-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  3. „Мнения перед игрой: Тахир Кападзе“. 25-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  4. „Тохир Кападзе: «Тенг ўйинда омад биз томонда бўлди»“. 25-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-sentyabr 2015-yil.
  5. „Тимур Кападзе: «В Казахстане чемпионат сильнее, чем в Эмиратах»“ (deadlink). 25-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]