Toʻyingan uglevodorodlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toʻyingan uglevodorodlar, alkanlar, parafinlar — uglevodorodlarning gomologik qatori, umumiy formulasi SpN2pQ2. atsiklik birjmalar sinfiga mansub; eng oddiy vakili — metan SN4; bu qatordagi har qaysi keyingi aʼzo oʻzidan oldingi uglevoroddan SN2 guruh (gomolog) bilan farklanadi. Katorning boshlangʻich 4 aʼzosining nomi — metan SN4, etan S2N6, propan S3N8, butan S4N10; keyingi gomologlarning nomi yunoncha sanoq sonlar bilan ifodalanadi, mas., S5N]2— pentan, CgH]8— oktan, S|()N22—dekan, S16N34— setan. Barcha T.u. ning nomiga "an" qoʻshimchasi qoʻshib aytiladi. T.u.ning molekulalaridagi uglerod atomlari bir-biriga oddiy bogʻ bilan bogʻlangan. Butangacha boʻlgan T.u. va neopentan — rangeiz gaz, S5N12 dan to S17N36 gacha —suyuklik, undan keyingilari qattiq moddalardir. T.u. suvda erimaydi, koʻpchilik organik erituvchilarda yaxshi eriydi. T.u. kimyoviy jihatdan inert, shuning uchun ham ularga parafinlar deb nom berilgan. Lekin nisbatan qattiq sharoitda ulardagi vodorod atomlari boshqa atom va guruxlarga almashinishi mumkin; ana shu reakdiyalar asosida koʻpgina muhim sanoat mahsulotlari olinadi; chunonchi: T.u.ni xlorlab, metilxlorid, metilenxlorid, xloroform; nitrolab—nitroparafinlar; kuyi T.u.ni oksidlab spirt, aldegid, keton va kislotalar olinadi. T.u.ni katalitik degidrogenlab olefinlar (propilen, butenlar), diolefinlar (butadiyen, izopren), izomerlab izobutan va izopentan hosil qilinadi. T.u. toshkoʻmir, yonuvchi slanetslarni haydab ham olinadi. T.u. neftda (5—60%), oʻsimliklarda, asalari mumida boʻladi. Ozokerit deyarli yuqori T.u.dan iborat; tabiiy gazda 99% gacha metan bor. T.u. plastmassalar, sintetik kauchuk va tolalar, yuvuvchi moddalar olishda muhim xom ashyo hisoblanadi; erituvchilar sifatida qoʻllanadi.