Tayvan boʻgʻozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tayvan boʻgʻozi - Osiyo materigining sharqiy qirgʻogʻi bilan Tayvan o. oraligʻidagi boʻgʻoz. Jan. Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlarini birlashtirib turadi. Uz. 398 km, eng kambar joyining eni 139 km, eng sayoz joyining chuqurligi farvaterida 8,6 m. T.b.da Penxuledao o.lari bor. Yirik portlari: Gaosyun, Fuchjou va Syamin.