Tassos Papadopoulos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tassos Papadopoulos
Tavalludi 1-iyul 1934-yil
Vafoti 12-dekabr 2008-yil(2008-12-12)
(74 yoshda)
Fuqaroligi Qibris[1]

Papadopulos Tassos (1934.7.1, Nikosiya - 2008.12.12.) — Kipr davlat arbobi. Londonda yurisprudensiyani oʻrgangan. 1972—76 yillarda jamoalararo muzokaralarda grek-kipr tomoni vakilining maslahatchisi, 1976—78 yillarda vakili. 1976 yil aprel — mayda Kipr parlamenti raisi. Keyinchalik 12 yil davomida navbatma-navbat Kipr ichki ishlar, moliya, mehnat va ijtimoiy taʼminot, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va tabiat resurslari vaziri. 1970, 1976, 1991, 1996 yillarda Kipr parlamenti deputatligiga saylangan. 2000 yildan Kipr Demokratik parti-yasi boshligʻi, 2003 yil 28 fevraldan Kipr Respublikasi prezidenti[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]