Takson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Takson — oʻzaro qarindoshlik munosabatlari bilan bogʻlangan va b. guruhlardan alohidalangan muayyan taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ, oila va b.ga mansub boʻlgan organizmlar guruhi. T. muayyan biologik obʼyektlarga tegishli boʻlishi bilan taksonomik kategoriyalardan farqqiladi. Mas., "kitsimonlar" yoki "umurtqalilar" tushunchalari tasnif qilinishi lozim boʻlgan organizmlar guruhini bildi . radi. Shunday qilib, "tur", "oila" va boshqalar T. boʻlolmaydi, lekin muayyan tur, mas., oddiy qaragʻay, uy pashshasi T. hisoblanadi (yana q. Taksonomik kategoriyalar).