Tailar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tailar — Hindixitoy, Jan. Xitoy va Shim.Sharqiy Hindistondagi xalqlar guruhi (siamlar, chjuan, lao, bui, shan, tay va b.). 70 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). Tay guruhiga mansub tillarda soʻzlashadi. T. ajdodlari — Yanszi daryosining jan. sohillarida yashagan siyue va loyue qabilalari mil. av. 2—1 ming yilliklarda Jan. ga siljib Mekong , Xongxa va MenamChaoPrai vodiysidan monlar va kxmerlarning ajdodlarini surib chiqarib, qisman ular bilan aralashib ketganlar. 14-a. boshiga kelib T. hozir yashab turgan xududlarni egallaganlar. Dehdonchilik, bogʻdorchilik, hunarmandchilik, ovchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi.