Szyansu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Szyansu — Xitoyning sharkay qismidagi provinsiya. Yanszi daryosi quyi oqimi havzasida. Sharqiy Xitoy va Sariq dengizlar bilan oʻralgan. Mayd. 102,6 ming km2. Aholisi 71,8 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Nankin sh. Shanxay sh. alohida maʼmuriy birlik. S. Xitoyning aholi zich yashaydigan provinsiyasi.

S., asosan, Shim. Xitoy tekisligida joylashgan. Iklimi tropik, mussonli iklim. Yillik yogʻin 600—1200 mm. Buyuk kanal Yanszi daryosini S. hududidagi koʻllar bilan bogʻlaydi. S. — iqgisodiy jihatdan rivojlangan industrialagrar r-n. Iktisodiyotida Shanxay sh. muhim oʻrin tutadi. Koʻmir, temir rudasi, apatit, kaolin qazib chiqariladi. Toʻqimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, sement, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Q.x.da dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, batat, dukkaklilar, sabzavot ham ekiladi. Paxtachilik rivojlangan. Choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi.

Qadimda S. hududida man va xuayi qabilalari yashagan. S. mil. av. 8—4-a.

larda Si, U, Yue, Chu podshoxliklari tarkibida boʻlgan, 17-a.da Xitoyni manjurlar bosib olgandan soʻng bu yerda Szyannan viloyati tashkil topdi, keyinroq u S. provinsiyasi deb ataldi.