Suv osti tizmalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suv osti tizmalari - okean va dengizlar tubidagi boʻylama choʻzilgan va bal. 4000—5000 m ga yetadigan koʻtarilmalar. Uzunligi yuzlab — minglab km ga, eni bir necha yuz km ga yetadi. Alohida choʻqqilari baʼzan tizmalar, burmalipalaxsali togʻlar, vulkan tizmalari, yoysimon orollarning burmalipalaxsali tizmalari va vulkanlardan hamda Yer poʻstining yoriklaridan oqib chiqqan bazalt lavalaridan hosil boʻlgan okean oʻrtaliq tizmalaridan iborat. Mas, Shim. Muz okeanida Lomonosov, Mendeleyev, Gakkel va b., Atlantika okeanida Oʻrta Atlantika, Afrika—Antarktida, Hind okeanida Arabiston—Hindiston, Maldiv va b., Tinch okeanda Jan. Tinch okean, Chili, Gavayi va b. S.o.t. birbiridan chuqur botiklar orqali ajralgan. Ularning koʻpchiligida teztez zilzilalar boʻlib turadi, harakatdagi vulkanlar bor.