Sulaymon Hamidxo‘jaev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulaymon qori Hamidxo‘jaev
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1905 yil
Vafoti 1968 yil 17 yanvar
Dini islom
Millati o'zbek
Tavallud shahri Qorasuv shahri
Hudud O'zSSR - O'zbekiston
Kasbi qori, mudarris, imom-xatib va tarjimon

SULAYMON HAMIDXOʻJAEV (1905 – yil Qorasuv sh. Andijon vil., 1968 – yil 17 – yanvar Toshkent)- qori, mudarris, imom-xatib va tarjimon.[1]

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulaymon Hamidxoʻjaev (Sulaymon qori) 1905 yilda Andijon viloyatining Qorasuv shahrida dunyoga kelgan. Olti-yetti yasharlik chogʻida befarzand ammasi uni oʻzi bilan Qashqarga olib ketib, farzand qilib oladi. U oʻn ikki yoshida Qur’oni karimni toʻliq yod oladi va Qashqardagi Afandi maxdum madrasasida taʼlim oladi. Madrasada keyinchalik Toshkentda yashab qolgan Abdulaziz qori Mahmudov bilan birga oʻqishgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulaymon qori 1928 yil vatanga qaytadi. Ammo 1933 yili yana Qoshgʻarga ketadi. Shuning bilan 1947 yilda Andijonga qaytib kelib, bir muddat shu yerda yashaydi. Keyin oilasi bilan Margʻilonga koʻchadi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy nazorati tashkil etilib, masjid va madrasalar faoliyati qayta tiklangach, Sulaymon qori 1954-1957 yillarda Margʻilondagi Soyboʻyi masjidida imom-xatib boʻlib ishlaydi.

Sulaymon qori 1958 yilda SHayx Ziyovuddinxon ibn Eshon  Boboxonning taklifi bilan Toshkentga koʻchib keladi va Baroqxon madrasasida mudarrislik qiladi. U yuzlab shogirdlarga ustozlik qilgan. Sulaymon qori 1960- 1967 yillargacha Eski Joʻvadagi Sarxumdon mahallasida yashab, shu mahalladagi masjidda imomlik qiladi. U murattab qori boʻlish bilan birga mingdan ortiq hadis yodlagan, Saʼdiyning „Guliston“ini ham yoddan bilgan. Arab, fors, xitoy, dungan, uygʻur, rus tillarida bemalol gaplasha olgan. 1961 yili Mir Arab va Baroqxon madrasalari birlashtirilgach, Sulaymon qori diniy nazorat qoshidagi kutubxonada ishlay boshladi.[2]

Tarjima ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kutubxonada ishlab yurgan kezlarida „Unvon ul-bayon“ „Adab ud-dunyo“ kitoblarini tarjima qilgan. Oʻzi ham baʼzida sheʼr yozishni mashq qilib turgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulaymon qori Hamidxoʻjaev 1968 yil 17 yanvar kuni olamdan oʻtgan. Toshkentdagi Shayx Zayniddin qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O’zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari, Toshkent viloyati va toshkent shahri /uchinchi kitob. (o'zbek). Toshkent, “Turon Zamin-Ziyo”, 2015 — 356 bet. ISBN 978-9943-335-74-5. 
  2. Nomi: «O‘zbekiston ulamolari» (o'zbek) Mas’ul muharrirlar: Usmonxon ALIMOV va Baxtiyor BOBOJONOV: . «Movarounnahr», 2015 — 496 bet. ISBN 978-9943-12-324-3.