Suchjou

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suchjou, Usyan — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar. Tayxu koʻli yaqinida. Szyansu provinsiyasida. Aholisi 3,3 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). Buyuk kanal boʻyidagi port. Intensiv qishloq xoʻjaligi. (sholi, bugʻdoy, pane yetishtirish, choy plantatsiyalari) r-ni markazi. Mamlakatning yirik ipak sanoati markazlaridan. Metallurgiya, kimyo, oynashisha, keramika, qogʻoz sanoati korxonalari bor. Kustar usulda eksport uchun badiiy kashta toʻqiladi. Shaharga mil.av. 5-a.da asos solingan. 3—16-a.larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Tarixiy yodgorlik, bogʻ va park koʻp.