Sophus Nielsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sophus Nielsen
Nielsen terma jamoa safida 1912-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sophus Erhard Nielsen
Tavallud sanasi 15-mart 1888-yil
Tavallud joyi Kopengagen, Daniya
Vafot sanasi 6-avgust 1963-yil(1963-08-06)
(75 yoshda)
Vafot joyi Kopengagen, Daniya
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—1898 Concordia
1898—1902 Stjernen
1902—1904 BK Frem
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1904—1912 BK Frem
1910—1911 Holstein Kiel 18 (72)
1916—1921 BK Frem[1] 137 (125)
Milliy terma jamoa
1908—1919 Deniya milliy futbol terma jamoasi 20 (16)
Boshqargan klublari
1932—1933 Viborg FF
1933 Holstebro Boldklub
1940 Deniya milliy futbol terma jamoasi
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sophus Erhard „Krølben“ Nielsen (talaffuzi: Sofus Erxard "Krølben" Nilsen) (1888-yil 15-mart—1963-yil 6-avgust) —daniyalik havaskor futbolchi va murabbiy. Sophus Nielsen tarixda milliy terma jamoa safida xalqaro oʻyinlarda oʻnta gol urgan (bitta oʻyinda) birinchi futbolchi edi. Nielsen Daniya milliy futbol terma jamoasi uchun 20 oʻyinda maydonga tushib, jami 16 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan edi[2]. Sophus Nielsen 1908 va 1912-yilgi yozgi Olimpiada o'yinlarida kumush medallarni qoʻlga kiritgan Daniya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi edi[3]. 1940-yilda Sophus Nielsen Daniya milliy futbol terma jamoasi menejeri etib tayinlangan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kopengagenda tugʻilgan Sophus Nielsen oʻzining kattalar jamoasidagi faoliyatini mahalliy "Boldklubben Frem" futbol jamoasida boshlagan edi. Sophus Nielsen 1904-yil oktyabr oyida klub safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Nielsen klub safida markaziy hujumchi va hujumchi pozitsiyalarida oʻynadi. Sophus koʻplab Kopengagen yosh futbolchilarining futbol kumiri edi[4].

Keyinchalik Sophus Nielsen Frem shahridagi „BK Frem“ futbol klubi safida futbolchilik faoliyatining qolgan qismini davom ettirdi. Sophus Nielsenning „BK Frem“ klubi uchun oxirgi oʻyini 1921-yil may oyida boʻlgan edi[5].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sophus Nielsen 1908-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Daniya milliy futbol terma jamoasining asosiy tarkibi safiga chaqirildi[6]. Nielsen Daniya milliy futbol terma jamoasining birinchi oʻyinida (Fransiya milliy futbol terma jamoasi 9-0 hisobida magʻlub boʻlgan) bitta gol urdi. 1908-yil 22-oktyabrda Daniya milliy futbol terma jamoasi Fransiya milliy futbol terma jamoasi bilan o‘ynadi va daniyaliklar 17:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Sophus Nielsen oʻsha uchrashuvda oʻnta gol urdi. 1908-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining finalida Buyuk Britaniya milliy futbol terma jamoasiga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan Daniya terma jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Sophus Nielsenning rekordi 1912-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Germaniya milliy futbol terma jamaosi aʼzosi Gotfrid Fuchs Rossiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi (16:0 hisobida gʻalaba) uchrashuvda oʻnta gol urib takrorladi. Bu rekord 2001-yilda Avstraliya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi Archie Thompson Amerika Samoasi milliy futbol terma jamosini 31:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan oʻyinda 13 ta gol urganiga qadar yangilanmadi.

Sophus Nielsen terma jamoa safida 1912-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlarida yana bir kumush medalni qoʻlga kiritdi. Sophus Nielsen bu olimpiada oʻyinlarida uchta oʻyinda ikkita gol urdi. Bu natija bilan u hisobidagi olimpiada oʻyinlaridagi gollari sonini 13 ta yetkazdi. Bu koʻrsatkich bilan Sophus Nielsen vengriyalik Antal Dunai bilan birga Olimpiada futboli tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi. 1912-yilgi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng Nielsen yana 12 ta xalqaro oʻyinlarda maydonga tushib, toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻldi. 1919-yilning oktyabr oyida Sophus Nielsen terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sophus Nielsen tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 1908-yil 19-oktyabr London, Angliya  Fransiya 9-0 9-0 1908-yilgi Olimpidaa oʻyinlari
2 1908-yil 22-oktyabr London, Angliya  Fransiya 1-0 17-1 1908-yilgi Olimpiada oʻyinlari
3 2-0
4 3-0
5 6-1
6 7-1
7 8-1
8 9-1
9 11-1
10 12-1
11 15-1
12 1912-yil 30-iyun Stokgolm, Shvetsiya  Norvegiya 6-0 7-0 1912-yilgi Olimpiada oʻyinlari
13 7-0
14 1914-yil 17-may Kopengagen, Daniya  Niderlandiya 3-3 4-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi
15 1914-yil 5-iyun Kopengagen, Daniya Angliya Angliya havaskorlari 2-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
16 1917-yil 3-iyun Kopengagen, Daniya  Shvetsiya 1-1 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Number of matches and goals for Frem is for 1904-1910 and 1912-1921 altogether. 125 goals is an estimate, made by BK Frem.
  2. 17 goals, according to some reports.
  3. „Sophus Nielsen“. Olympedia. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  4. „Boldklubben FREM - Spillertrup“. 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Boldklubben FREM - Spillertrup“. 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. „Boldklubben FREM — Spillertrup“. Archived from the original (Wayback Machine saytida 2016-04-08 sanasida arxivlangan) on 8 April 2016.
  6. „Hurtig dribling gennem 5000 år“. Danish Football Association (2007-yil 5-aprel). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.