Sologamiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sologamiya (inglizcha: Sologamy) — bu odamning oʻzi bilan oʻzi nikoh qurishi[1]. Ushbu amaliyot tarafdorlari, bunday nikoh shaxsning oʻz qadr-qimmatini tasdiqlaydi va baxtli hayotga olib keladi, deb hisoblashadi[2][3][4].

Ushbu nikoh uchun marosim oddiy nikohlardagi kabi shaklga ega — u mehmonlarni tantanali kutib olish, shirinliklar va tabriklardan iborat. Sologamiya 21-asrda, ayniqsa badavlat ayollar orasida keng tarqalmoqda. 2014-yil holatiga koʻra, Kiotodagi sayyohlik agentligi baʼzilari allaqachon turmushga chiqqan, lekin birinchi nikohida toʻy marosimi boʻlmagan ayollar uchun mustaqil nikoh qurish xizmatlarini taklif qilgan. 2014-yilda britaniyalik fotograf Greys Gelderning (Grace Gelder) va 2017-yilda italiyalik fitnes-trener Laura Mesining (Laura Mesi) mustaqil nikohi haqidagi xabar keng tarqaldi[5][6].

Madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Namunali erkak № 2“ badiiy filmida transgender model All oʻzi bilan nikoh quradi.
  • Chris Morris (satirist) "Jam“ teleserialida oʻrta yoshli erkak oʻziga uylanadi.
  • „Xor“ teleserialida Syu Silvestr qahramoni oʻziga turmushga chiqadi.
  • „Katta shaharda ishqiy munosabatlar“ teleserialidagi Kerri Bredshou qahramoni ham oʻziga turmushga chiqadi.
  • „Sobiq“ teleserialining 4-mavsumida Xolli Franklin qahramoni oʻzi bilan nikoh qurishga qaror qiladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Berg-Cross, Linda, et al. „Single professional women: A global phenomenon challenges and opportunities.“ Journal of International Womenʼs Studies 5.5 (2013): 34-59.
  2. DePaulo, Bella. „Beyond Self-Love: What Marrying Yourself is Really All About“ (14-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2017-yil.
  3. „About Self-Marriage“. Self Marriage Ceremonies. Qaraldi: 1-avgust 2013-yil.
  4. Cagen, Sasha. Quirkyalone: A Manifesto for Uncompromising Romantics. New York: HarperSanFrancisco, 2004. ISBN 9780060578985. 
  5. Gelder, Grace; Cunard, Nick. „I married myself“ (4-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2017-yil.
  6. Bort, Ryan. „What Is Self-Marriage? Italian Woman Weds Herself in Lavish Ceremony“ (27-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2017-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]