Soʻgʻdiyona (stadion)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"Soʻgʻdiyona" sport majmuasi stadioni
Sobiq nom(lar)i «Центральный» («Марказий»), «Джизак»
Joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Qachon qurilgan 1970-yil, 2015-yil
Qachon ochilgan 1970-yil 2015-yil
Qachon taʼmirlangan 1997, 2013-2016-yillari
Egasi Soʻgʻdiyona (futbol klubi)
Operator Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
Yuzasi tabiiy chim, grass
Hajmi 11.650 (futbol)
Maydon oʻlchami 112m x 72m
Maydon egalari
Soʻgʻdiyona (futbol klubi), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi

Soʻgʻdiyona Sport Majmuasi yoki "Soʻgʻdiyona" stadioni — Oʻzbekiston, Jizzax shahridagi sport majmuasi va stadion. Hozirda u asosan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi va "Soʻgʻdiyona Jizzax" jamoasining uy stadioni hisoblanadi. Stadion 11650 tomoshabinga moʻljallangan. Jizzax shahridagi „Markaziy“ stadioni („Jizzax“ MChJ) 1970-yilda qurilgan. Stadion sigʻimi 9000 kishi edi.

2013 yilda stadionni keng koʻlamli rekonstruksiya qilish boshlandi, bu ikki yil davom etdi. 2015-yilda qurilish toʻliq yakunlandi, stadionning yangi sigʻimi 11650 oʻringa moʻljallangan. Stadion nomi „Jizzax markaziy stadioni“dan „Soʻgʻdiyona“ sport majmuasi yoki „Soʻgʻdiyona“ SK deb oʻzgartirildi.[1]

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki nomi Markaziy Jizzax Stadioni (inglizcha: Central Stadium Jizzax), 1970-yilda qurilgan. Stadionning dastlabki sigʻimi 9000 tomoshabinga moʻljallangan edi. 40 yildan ortiq vaqt davomida stadion eskirgan. Birinchi katta taʼmirlash 1997-yilda boʻlib oʻtdi.

Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi viloyat Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamda viloyat Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari „Soʻgʻdiyona“ sport majmuasida mashgʻulotlarni olib borada.

Jizzax shahridagi „Sugʻdiyona“ sport majmuasi 2014-yilda qurilish ishlari boshlanib 2016-yilda yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan. Soʻgdiyona Sport majmuasini qurilishi uchun 15 mln $ dan[2] ortiq mablagʻ sarflangan.[3]

Viloyat Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-dekabrdagi „Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 356-sonli qarori asosida tashkil etilgan.

Muassasa shugʻullanuvchilari 1 ta (18x42 oʻlchamdagi) sport zal, 3 ta sport turi yani badiiy gimnastika, sport gimnastikasi hamda sport akrobatikasi boʻyicha mashgʻulotlarini olib boradi.

Muassasada 42 ta guruhga 446 nafar yoshlar jalb etilgan boʻlib, ulardan 340 nafari qizlarni tashkil etadi. Shundan 270 nafar badiiy gimnastika, 154 nafari sport gimnastikasi, 22 nafar sport akrobatikasi boʻyicha muntazam shugʻullanib kelmoqda. Qiz bolalarni sportga koʻproq jalb qilish maqsadida muassasada haftaning shanba kunlari har xil sport turlaridan ochiq eshiklar kuni tashkil etilmoqda hamda mahorat saboqlari oʻtkazib kelinmoqda.[4][5]

Qayta qurish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda stadion yopildi va katta rekonstruksiya qilindi. Qurilish ishlari yakunlandi[6] va stadion 11650 tomoshabinga moʻljallangan. Stadion nomi „Soʻgʻdiyona Sport Majmuasi“ deb oʻzgartirildi.[7][8] 2015-yil 26-iyun kuni „Soʻgʻdiyona“ stadionining rasmiy ochilish marosimi „Soʻgʻdiyona“ — „Qoʻqon 1912“ uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Stadiondagi tarixiy uchrashuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2015-yilgi Oʻzbekiston Kubogi final baxsi oʻtkazilgan[9]

„Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon 1912 " uchrashuvlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

OʻZARO USTUNLIK

„Soʻgʻdiyona“  va „Qoʻqon-1912“  oliy ligada 22 bor, Superligada esa 2 marta toʻqnash kelgan. „Soʻgʻdiyona“ hisobida 11 ta, „Qoʻqon-1912“ hisobida 8 ta gʻalaba mavjud. 5 ta oʻyinda durang natija qayd etilgan. Toʻplar nisbatida ustunlik jizzaxliklar  tomonda 39:30. „Soʻgʻdiyona“ 38 ochko,  „Qoʻqon-1912“  29 ochko toʻplagan.

Qisqa fakt[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jizzaxdagi 12 ta oʻyindan 9 tasida „Soʻgʻdiyona“ gʻalaba qozongan. 3 ta oʻyinda durang natija qayd etilgan. Jizzaxliklar oʻz maydonida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda qoʻqonliklarga 3 ochkoni boy bermagan.


"Soʻgʻdiyona" maydonida oʻtgan barcha uchrashuvlar:

  1. 25.04.2018 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:1
  2. 19.11.2017 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 2:1
  3. 29.10.2016 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:1
  4. 26.06.2015 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 2:1
  5. 14.09.2002 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:0
  6. 10.05.2000 „Soʻgʻdiyona“ — „ Qoʻqon-1912“ 3:2
  7. 25.09.1999 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:1
  8. 14.08.1998 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 5:2
  9. 06.09.1995 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 4:0
  10. 03.11.1994 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 3:0
  11. 29.09.1993 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:0
  12. 26.08.1992  „Soʻgʻdiyona“ — „Qoʻqon-1912“ 1:0

Soʻgʻdiyona stadionidan fotogalereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

[10][11]

Manbaalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jizzaxdagi yangi stadion ochilish marosimida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bosh kotibi ishtirok etadi“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  2. „Жиззахдаги 10 минг ўринли стадион қурилишига 29 миллиард сўм йўналтирилади“ (2014-yil 24-fevral). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  3. „Жиззахдаги 10 минг ўринли стадион қурилишига 29 миллиард сўм йўналтирилади“ (25 фев 2014). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  4. „Sog'diyona stadioni“ (2017-yil 22-noyabr). 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  5. „Jizzaxdagi stadion bo'ylab FOTO SAYOHAT“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  6. „Жиззахда "Сўғдиёна" жамоасининг янги стадиони очилиш маросими ўтказилади“ (2015-yil 26-iyun). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  7. „So'diyona - Paxtakor oo'yini oldidan. So'g'diyona stadioni“ (2019-yil 27-aprel). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  8. „"Сўғдиёна" стадионининг бугунги ҳолати“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  9. „Жиззахдаги стадион финалга тайёр ФОТО“ (17 окт 2015). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  10. „Жиззахдаги стадион янги мавсумга тайёр“ (2020-yil 7-mart). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  11. „Жиззахдаги стадион "Сўғдиёна" - "Пахтакор" ўйинига тайёр“ (2021-yil 24-oktyabr). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]