Sivuch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sivuuc

Sivuch (Eumetopias) — qulokdi tyulenlar urugʻi. Bitta turi — sivuch (Ye. jubatus) Tinch okean iliq suvlari va subarktika qismida tarqalgan. Kuril, Komandor va Rossiyaning b. orollari, Kamchatkaning sharqiy sohillarida uchraydi. Uzunligi 385 sm gacha, vazni 1120 kg gacha. Juni dagʻal, toʻqsarikdan kulranggacha. Baliqlar va mollyuskalar bilan oziqlanadi. Bir necha yuztadan poda boʻlib yashaydi. Yezda dam olish uchun qoyali sohillarga chiqadi. Poligam (qarang Poligamiya). Urgʻochilari har yili bitta bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri 1 yilgacha, 3—8 yoshda balogʻatga yetadi. Terisi, yogʻi, goʻshti uchun ovlanadi. Soni juda kamayib ketganidan hozir ovlash man etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil