Siracusa
| Shahar
Siracusa
|
Sirakuza — Italiyaning jan. qismidagi shahar, Sitsiliya o.da. Aholisi 121 ming kishi (2001). Transport yoʻllari tuguni. Ioni dengizi sox.
ilidagi port; portsanoat majmuasi tarkibida. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik, sement sanoati korxonalari bor. Baliq ovlanadi. Shaharga mil. av. 734 y.da yunonlar tomonidan asos solingan. S. Aholisining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik va dengiz savdosi boʻlgan. Dionisiy I va Agafokl qukmronliklari davri (5—4-a.larning oxiri)da S. Sitsiliyaning deyarli hamma hududini oʻziga tobe etgan. Mil. av. 211 y.da rimliklar tomonidan egallangan. Mil. av. 6— 5-a.larda qurilgan inshootlarning krldiqlari saqlangan. S. — Arximed vatani.
Siracusa Italiyaning Sitsiliya mintaqasida joylashgan shahardir. Siracusa provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 204 km2. 123 332 nafar aholi istiqomat qiladi (2004).
Manbalar [tahrir]
Havolalar [tahrir]
- Rasmiy sayti (ital.)
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |