Sil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sil, tuberkulyoz — turli aʼzolar, asosan, oʻpkada oʻziga xos yalligʻli oʻzgarishlar roʻy berishi bilan tavsiflanadigan yuqumli surunkali kasallik. Odamlarda uchraydigan S.ni ftiziatriya oʻrganadi. Nemis mikrobiologi Robert Kox (1882 y.) sil qoʻzgʻatuvchisini aniqladi (bu qoʻzgʻatuvchi uning sharafiga Kox tayoqchasi deb nomlandi). S. kasalligi qadimdan maʼlum. Kasallik belgilari Gippokrat, Ibn Sino asarlarida ham taʼriflangan.

S. bilan odamlardan tashqari, uy hayvonlari (asosan, qoramol), uy parrandalari (tovuq, kurka) kasallanadi.

Odamlarda kasallikning asosiy manbai oʻpka sili bilan ogʻrib, mikobakteriyalar aralash balgʻam tashlab yuradigan bemorlardir. S. hammadan koʻp havotomchi yoʻli bilan tarqaladi: yoʻtalganda, aksirganda mikobakteriyali balgʻam va shilliq zarralari havoga tarqalib atrofidagi buyumlargatushadi. S. mikobakteriyasi, asosan, nafas yoʻllari orqali kiradi. U boshqa mikroblarga nisbatan tashqi muhitning turli taʼsirlariga juda chidamli boʻlib, oʻzining yashash va koʻpayish xususiyatlarini uzoq muddat davomida saklab qoladi. Quruq hoddagi S. mikobakteriyasiga 36° haroratda taʼsir etilsa, u 180 kungacha, +70° qizdirilsa 7 soat davomida, oqar suvlarda 150 kun, koʻcha changida 10 kun ichida hayot kechirish va koʻpayish xususiyatlarini yoʻqotmaydi. Ayniqsa, quyosh nuri tushmaydigan zax yerlarda uzoq muddat saqlanib qoladi. S. mikobakteriyalarining atrofmuhitda uzoq vaqt saqlanishi S. kasalligining idishtovoq, kiyimkechak, oʻrinkoʻrpa va b. orqali yuqish ehtimolini tugʻdiradi. S.ning ochiq va yashirin shakli farq qilinadi. S.ning ochiq shaklida bemor balgʻamida S. mikobakteriyalari topiladi; bemor gigiyena qoidalariga rioya qilmasa, boshqalarga kasal yuqtiruvchi boʻlib qolishi mumkin. S.ningyashirin shaklidamikobakteriyalar balgʻamda topilmaydi, bunday bemorlar atrofidagilar uchun yuqumli boʻlmaydi. S. bilan ogʻrigan bemor barcha gigiyena qoidalariga rioya qilsa, amalda atrofdagilar uchun xavfli boʻlmaydi. S. mikobakteriyalari faqat oʻpkani emas, balki organizmda soch va tirnoqdan boshqa boʻgʻimlar, suyaklar, miya pardalari, buyraklar va b. aʼzolarni zararlaydi. S. kasalligiga aksari yosh bolalar (chunki ularda hali immunitet sust rivojlangan boʻladi), balogʻatga yetish davridagi oʻsmirlar (nervendokrin boshqaruvining beqarorligi tufayli), shuningdek, organizmning infeksiyaga chidami susaygan yoshi katta odamlar chalinadi. Oʻpka siliga xos belgilar kasallik shakliga, yoshga va b.ga bogʻliq.

Birlamchi S.da kasallik alomatlari yaqqol namoyon boʻlmaydi. Biroq teri ostiga tuberkulin yuborib oʻtkaziladigan Mantu sinamasi musbat chiqsa va bemorda kasallikning umumiy belgilari (rang ketishi, quvvatsizlik, uyqu va ishtaha buzilishi, tez toliqish, gavda haroratining koʻtarilishi, tunda terlash) paydo boʻlsa, busilin toksikatsiyasidan darak beradi. Yosh bolalarda kasallik maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga qaraganda ogʻirroq oʻtadi, aksari asoratlar kuzatiladi. S. intoksikatsiyasi bolalarda roʻyrost namoyon boʻladi; bolaning rangi siniqadi, injiq boʻlib qoladi, ishtahasi yoʻqolib, teztez shamollab turadi. Vrachga oʻz vaqtida borib, bolani toʻgʻri parvarish qilinsa, odatda, butunlay sogʻayib ketadi.

Ikkilamchi S. — oʻpka silining hammadan koʻp uchraydigan shakli. U oʻpkada va limfa tugunlarida sakdanib qolgan infeksiya "qoʻri"dan kelib chiqadi; noxush sharoitlarda S. qoʻzgʻatuvchisi faollashib, jarayonni zoʻraytiradi (faol shakli). S mikobakteriyasi bor bemor bilan uzoq vaqt muloqotda boʻlganda S. qaytalanishi ham mumkin. Bunga organizmning zaiflanishi, sifatsiz ovqatlanish, stresslar, zararli odatlar (chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik), surunkali kasalliklar, oʻpkaning nospetsifik kasalliklari, qandli diabet, gastrit, meʼdaichak yaralari, SPID, shuningdek, homiladorlik va gugʻruqdan keyin organizm himoya qobiliyatining kamayishi va b. sabab boʻladi. Odatda, ikkilamchi S. yoshlikda va oʻrta yoshda paydo boʻladi, oʻz vaqtida davo qilinmasa, kasallik astasekin, lekin toʻxtamay rivojlanadi. Aksari oʻpkaning yuqori boʻlaklarida mayda oʻchoqlar paydo boʻladi (S. ning oʻchoqli shakli), baʼzan yiringli infiltratlar (S.ning yalligʻlangan shakli) kuzatiladi.

Kasallik baʼzan uzoq vaqtgacha hech qanday alomatlarsiz kechadi, biroq, oʻpka sili rivojlanganda, yaʼni S. mikobakteriyalari koʻpayishi boshlanganda organizmda zaharlanish alomatlari paydo boʻladi: holsizlik, tez charchash, tunda terlash, ozib kegish va b., borabora bemorda yoʻtal zoʻrayadi, hansiraydi, nimjon boʻlib qoladi. Zoʻr berib davolanish kasallik rivojlanishining oldini oladi. Oʻpkadan tashqaridagi S. (hiqildoq, ichak, buyrak, teri, suyak, boʻgʻim va b.) oʻpka siliga karaganda ancha kam uchraydi. S.ni barvaqt aniklash kasallikni toʻlatoʻkis davolash imkonini beradi.

Davosi. Davolash, asosan, kasalxona sharoitida, vrach nazorati ostida olib boriladi. S.ga qarshi ishlatiladigan zamonaviy doridarmonlardan kasallikning turi va ogʻirengilligiga qarab tayinlanadi. Odatda, bu dorilar uzoq vaqt davomida (bir necha oylab) qoʻllanadi. S.ni davolashda foydalaniladigan kimyoterapevtik dorilar maʼlum bir guruxlarga boʻlinadi: izoniazid va uning analoglari, rifampitsin; etambutol, protionamid (etionamid, tizamid (pirazinamid), streptomitsin, kanamitsin, florimitsin va b.

Oldini olish ijtimoiy, sanitariya, kimyoviy va maxsus tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish moddiy hayot sharoitini yaxshilash, aholining umumiy madaniyatini oshirish va sanitariya bilimlarini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Vrach buyurgan kun tartibiga amal qilish, toʻlatoʻkis ovqatlanish, iloji boricha ochiq havoda boʻlish, xonani botbot shamollatib turish lozim. S. bilan ogʻrigan bemorlarni kasallikning ilk bosqichlarida aniqlash maqsadida aholini ommaviy tekshirish, yaʼni flyuorografiya tekshiruvidan (kamida 2 yilda 1 marta) oʻtkazish ijobiy natija beradi. S. ni bolalarda barvaqt aniklash uchun bolalar poliklinikalarida, bogʻchalarida, maktablarda tuberkulin sinamasi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda barcha yangi tugʻilgan chaqaloqlar vrachning moneligi boʻlmasa, S.ga qarshi vaksinatsiya qilinadi; vaqtvaqti bilan (7,12 yoshda) revaksinatsiya oʻtkaziladi.

/lA.Typcynov F. I., Ibrohimov M. A., Sodiqov A. S, Sil, T., 1999.

Abdulla Ubaydullayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil