Sietl tinchlik bogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Sietl tinchlik bogʻi“ („Sietl bogʻi“; inglizcha: Seattle Peace Park) — Toshkentda joylashgan istirohat bogʻi. Toshkent va Seattle shaharlari oʻrtasida doʻstlik aloqalari oʻrnatilishi sharafiga barpo etilgan. Bogʻ 1988-yil qurib bitkazilgan boʻlib, uning qurilishida sovet va amerika quruvchilari qatnashganlar[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent va Seattle shaharlarining birodarlik tarixi 1971-yilga borib taqaladi. Oʻsha yili Alyaska aviakompaniyasi taklifiga binoan Oʻzbekiston SSRdan Toshkent shahar ijroqoʻmi raisi Vohid Qozimov Sochi va Irkutsk shaharlaridagi hamkasblari bilan Seattlega boradi. Seattlening oʻsha vaqtdagi meri John Chambers va Vohid Qozimov ikki shahar oʻrtasida birodarlik aloqalarini oʻrnatishga kelishib olishadi. 1973-yil Vohid Qozimov va John Chambers Toshkent va Seattlening birodarlik bayonnomasini imzolaydilar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Разыскиваем строителей Парка Сиэтл“. Mytashkent.uz. Mytashkent (2022-yil 20-avgust). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.