Shohrux reper

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shohrux reper

Shohrux reper Zakovat intelektual oʻyinidagi tanaffusda mehmon sifatida qoʻshiq ijro etmoqda, 2023-yil 29-sentyabr.
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Shohruh Shodmonov
31-yanvar 1986-yil (1986-01-31) (38 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ota-onasi O‘ktam Shodmonov
Shohida Shodmonova
Janr hip-hop
Mukofotlari Tarona taqdimotining „Yil yutugʻi“ (2004) va „Yil kashfiyoti“ (2005) nominatsiyalari gʻolibi.
Veb-sayt http://www.shoxrux.com/

Shohrux reper (asli ismi: Shohruh Shodmonov; 1986-yil 31-yanvar; Toshkent shahri, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik mashhur reper, qoʻshiqchi, deputat va yoʻnalishi boʻyicha iqtisodchi. Shohrux reper 20042005-yillarda oʻtkazilgan Tarona taqdimotining „Yil yutugʻi“ va „Yil kashfiyoti“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolibi deb topilgan.

Ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shohrux reperning ilk konsert dasturi 2006-yilning 17-19-fevral kunlari „Xalqlar Doʻstligi“ saroyida boʻlib oʻtgan. Konsert davomida ijro etilgan 20 ta qoʻshiqning 17 tasi jonli tarzda ijro etilgani aytiladi. 2007-yil 2225 fevral kunlari boʻlib oʻtgan „Xalqlar doʻstligi“ saroyidagi konsertida rejadagi 22 ta qoʻshiqning barchasini jonli tarzda ijro etilgan[1].

Shohrux repper 2022-yil 21-oktyabr kuni Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan ijodidagi 15 yillik yubiley konsertini berdi[2].

Deputatlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 22-dekabr kuni Shohruh Shodmonov oʻz nomzodini OʻzLiDePdan koʻrsatgan holda Toshkent shahar Chilonzor tumani kengashiga Xalq deputati etib saylangan[3][4][5][6]. Shu munosabat bilan Shohrux Shodmanov ijtimoiy tarmoqlar orqali obunachilarga quyidagi murojaat bilan chiqqan[7][8][9]:

Aziz hamyurtlar! Mana sizlarning ovozlaringiz bilan Toshkent shahar, Chilonzor tumani kengashiga Xalq deputati boʻlib saylandim! Mendan balandparvoz gaplar kutmang, mening fikrimcha har bir deputat saylangan hududida bor muammolar bilan maksimal ishlash kerak, xalq esa baho beradi. Barchangizdan minnatdorman! Ishonchingiz uchun rahmat!

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shohrux reper 2016-yil 12-may kuni Zlata ismli qiz bilan turmush qurgan. Juftlikning bu toʻyga qadar 2 yoshli farzandi boʻlgani muxlislar oʻrtasida turli muhokamalarga sabab boʻlgan[10]. Shohrux reper bu muhokamalarga quyidagi soʻzlar bilan javob qaytardi[11]:

2,5 yil avval qonuniy nikoh va „zags“dan o‘tib, kichkina bayram qilib oila qurganman. Shu yillar sharoit bo‘lmagani uchun to‘y marosim o‘tkazmadim. Kecha yaqinlar uchun to‘y o‘tkazdik. Ortiqcha gap so‘zlarga xojat yo‘q.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Биография Shoxrux“ (ru). Last.fm. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
  2. oyina.uz „Estrada oʻrnini repga boʻshatib beryaptimi? Maishiy mavzulardan uzoq, ijtimoiylashib borayotgan oʻzbek repining bugungi qiyofasi“ (uz). Oyina.uz. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
  3. O‘zbekiston, Sputnik „Shohrux reper deputat etib saylandi“ (uz). Sputnik O‘zbekiston (24-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
  4. „Instagram“. www.instagram.com. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
  5. „Reper Shohruh Shodmonov deputatlikka nomzodini qo‘ydi“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
  6. „Депутат Шохрух Шадманов призвал не поддаваться панике - Срочные новости Узбекистана: Repost.uz“ (ru). Repost (2020-yil 15-mart). Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
  7. „Репер Шохрух избран народным депутатом Чиланзарского районного кенгаша“ (ru). Podrobno.uz. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
  8. „Instagram“. www.instagram.com. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
  9. „Рэпер Шохрух стал депутатом“ (oz). UzReport.news. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
  10. uz, Kun „Тошкентдаги “Яккасарой” тўйхонасида Шоҳрух репернинг никоҳ оқшоми бўлиб ўтди“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
  11. uz, Kun „Shohrux reper nega avval farzandli bo‘lib, keyin uylanganiga izoh berdi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.