Shoh Edip: Tragediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shoh Edip

1340-yilda yozilgan tragediya nusxasi. Vatikan Apostol kutubxonasi
Muallif(lar) Sofokl
Tarjimon(lar) Asqad Muxtor
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i tragediya
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1979
Sahifalar soni 76

„Shoh Edip: Tragediya“ — yunon dramaturgi Sofokl qalamiga mansub „Shoh Edip“ tragediyasining Asqad Muxtor oʻgirgan oʻzbekcha tarjimasi. Bu tarjima asarning oʻzbek tilidagi ilk va yagona tarjimasidir. Muxtor asarni 1958-yilda Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“ nashriyotida chop etilgan ruscha tarjimasidan oʻzbekchaga oʻgirgan. Oʻzbekcha tarjima 1979-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[1]

„Shoh Edip“ tragediyasida qadimgi yunon mifologiyasidan keng foydalanilgan. Sofoklning ijodiy choʻqqisi hisoblangan bu asar oʻtgan 2500 yil mobaynida jahon teatri sahnasidan tushmay keladi. Muxtor tragediyani oʻzbekchaga erkin tarjima qilgan: oʻzbek kitobxoni uchun tushunish qiyin boʻlgan joy, elat nomlari hamda atamalar oʻzgartirilgan yoki tushib qoldirilgan.

Oʻzbekcha tarjimani nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Aʼzam – muharrir, K. Vorobyov - rassom, A. Bobrov – rasmlar muharriri, E. Potapova – texnik muharrir, R. Sodiqbekova – musahhih. Kitob adadi – 10 000 nusxa.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Shoh Edip“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]