Aleksandr Shleyxer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shleyxer Aleksandr Ivanovichdan yoʻnaltirildi)

Aleksandr Ivanovich Shleyxer (1900.1.11, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Penza gubernyasi — 1990.23.11, Toshkent) — agronom, professor (1967), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970). Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini tugatgan (1925). Buxoro viloyati Shirabudin qishloq xoʻjaligi tajriba styasida iqtisod boʻlimi mudiri (192731), SoyuzNIXIda sektor mudiri (1931—33), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti oʻsimlikshunoslik kafedrasi mudiri (1931—42), dots. (1946—68), paxtachilik kafedrasi mudiri (1968—73). Ilmiy ishlari gʻoʻza biologiyasi va agrotexnikasi masalalari (chigitni ekishga tayyorlash, unib chiqqan nihollarning siyrakligini toʻldirish, koʻchat qalinligi, qiya yerlarga keng qatorlab ekishda egatlar chuqurligi va boshqalar)ga bagʻishlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Paxtachilik [1-qism], T., 1958; Xlopkovodstvo, M., 1967; Paxtachilik [Darslik], T., 1978.