Shi Jun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shi Jun
石俊
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 9-oktyabr 1982-yil (1982-10-09) (41 yosh)
Tavallud joyi Dalian, Xitoy
Boʻyi 1.89 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Yunnan Kunlu
Raqami 33
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2003 Yunnan Hongta 4 (0)
2004—2005 Chongqing Lifan 29 (5)
2005—2008 Young Boys 34 (3)
2008Luzern (Ijara) 14 (1)
2008—2011 Chengdu Blades 35 (6)
2011 Sichuan Dujiangyan Symbol 12 (13)
2012 Harbin Yiteng 1 (0)
2012Qinghai Senke (Ijara) 7 (2)
2013 Qinghai Senke ? (3)
2016—2019 Hebei Elite 93 (45)
Milliy terma jamoa
2005—2009 Xitoy 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2020-yil uchun)

Shi Jun (talaffuzi: Shi Szyun) (1982-yil 9-oktabr, Liaoning, Dalyan shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hujumchi, hozirda Xitoyning ikkinchi ligasi vakili Yunnan Kunlu jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Besh yoshida Dalian Vandaning zaxira jamoasiga qoʻshilishga muvaffaq boʻlgan, ammo jamoada oʻz oʻrnini topa olmagan. Oʻn olti yoshida u Changchun Yataiga qoʻshilgan va hujumchi sifatida oʻynay boshlagan[1]. Professional futbolchilik faoliyatini boshlash uchun Shi 2000-yilda Yunnan Xongta jamoasiga oʻtadi va keyin 2002-yilda Jia Ada jamoasida debyut qiladi. Jarohat tufayli uning 2003-yilgi liga mavsumi davomida juda kam maydonga tushgan.

Shveysariyaga koʻchib oʻtish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yil iyul oyida Shi BSC Young Boysda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan. 21-iyulda Shveysariya Superligasi jamoasiga 500 000 yevro evaziga transfer qilingan. U Shveysariya Superligasida oʻynagan birinchi xitoylik futbolchiga aylangan va 2005-yil 28-avgustda „Sent Gallen“ga qarshi oʻyinda 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan holda debyut qilgan. Uch mavsumdan soʻng Shi 2007/2008 liga mavsumining ikkinchi yarmida Shveysariyaning boshqa jamoasi „Lyusern“ga ijaraga berilgan.

Xitoyga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shi Shveysariyadagi faoliyatidan soʻng Xitoy futboliga endi kirib kelgan Chengdu Blades klubiga qaytgan, jamoa tarkibida u 15 oʻyinda maydonga tushib, debyut mavsumida 4 ta gol urgan[2]. Keyingi mavsumda Chengdu liga mavsumi oxirida oʻrta oʻrinni egallagan, biroq ular kelishilgan oʻyinlar uchun ikkinchi divizionga tushurib yuborilgan[3]. Shunga qaramay, Shi jamoada qolib, yana yuqori divizionga koʻtarilishga yordam bergan. Shi 2011-yil iyul oyida Xitoyning 2-liga jamoasi Sichuan Dujiangyan Symbolga oʻtgan. 21-avgust kuni Shi liga oʻyinida 6 ta gol urgan, bu oʻyinda Sichuan Xubey yoshlarini 7:0 hisobida magʻlub etgan. U 2011-yilgi mavsumning yarmida 13 ta gol urgan va bu uni liganing eng yaxshi toʻpurariga aylantirgan.

Shi 2012-yil fevral oyida Xitoyning birinchi ligasining „Harbin Yiteng“ jamoasiga oʻtgan[4].

2016-yilning mart oyida Shi Xitoyning ikkinchi liga klubi Hebei Elite bilan shartnoma imzolagan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Yunnan Hongta 2002 Xitoy Jia-A Ligasi 4 0 0 0 - - 4 0
2003 Xitoy Jia-A Ligasi 0 0 0 0 - - 0 0
Jami 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0
Chongqing Lifan 2004 Xitoy Super Ligasi 19 4 0 0 - - 19 4
2005 Xitoy Super Ligasi 10 1 0 0 - - 10 1
Jami 29 5 0 0 0 0 0 0 29 5
Young Boys 2005—2006 Shveysariya Super Ligasi 13 0 2 0 0 0 - 15 0
2006—2007 Shveysariya Super Ligasi 17 3 4 1 0 0 - 21 4
2007—2008 Shveysariya Super Ligasi 4 0 1 0 0 0 - 5 0
Jami 34 3 7 1 0 0 0 0 41 4
Luzern (Ijara) 2007—2008 Shveysariya Super Ligasi 14 1 0 0 - - 14 1
Chengdu Blades 2008 Xitoy Super Ligasi 16 5 - - - 16 5
2009 Xitoy Super Ligasi 12 1 - - - 12 1
2010 Xitoy Birinchi Ligasi 3 0 - - - 3 0
2011 Xitoy Super Ligasi 4 0 0 0 - - 4 0
Jami 35 6 0 0 0 0 0 0 35 6
Sichuan Dujiangyan Symbol 2011 Xitoy Ikkinchi Ligasi 12 13 - - - 12 13
Harbin Yiteng 2012 Xitoy Birinchi Ligasi 1 0 0 0 - - 1 0
Qinghai Senke (Ijara) 2012 Xitoy Ikkinchi Ligasi 7 2 - - - 7 2
Qinghai Senke 2013 Xitoy Ikkinchi Ligasi ? 3 2 2 - - 2 5
Hebei Elite 2016 Xitoy Ikkinchi Ligasi 19 7 0 0 - - 19 7
2017 Xitoy Ikkinchi Ligasi 22 9 1 0 - - 23 9
2018 Xitoy Ikkinchi Ligasi 25 13 0 0 - - 25 13
2019 Xitoy Ikkinchi Ligasi 27 16 3 2 - - 30 18
Jami 93 45 4 2 0 0 0 0 97 47
Yunnan Kunlu 2020 Xitoy Ikkinchi Ligasi 10 5 - - - 10 5
Karyerada jami 239 83 13 5 0 0 0 0 252 88

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xitoy ligasining ikkinchi toʻpurari: 2011-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „http://sports.sina.com.cn/star/shijun/“ (xitoycha). sports.sina.com.cn. Qaraldi: 21-avgust 2012-yil.
  2. „http://data.sports.sina.com.cn/csl/players/?league_id=198&team_id=32&shirtnumber=40“ (xitoycha). data.sports.sina.com.cn (2008-yil 30-noyabr). Qaraldi: 21-avgust 2012-yil.
  3. „China goes further to fight football match-fixing“. english.peopledaily.com.cn (26-fevral 2010-yil). Qaraldi: 21-avgust 2012-yil.
  4. „http://sports.sohu.com/20120208/n334118136.shtml“ (xitoycha). sports.sohu.com (2012-yil 8-fevral). Qaraldi: 21-avgust 2012-yil.