Sharl-Lyudovik de Sekondat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sharl-Lyudovik de Sekondat (keyinchalik baron de la Bred va de Monteske nomini olgan) (1689-1755yy.) — XVIII asrdagi eng buyuk siyosiy nazariyotchilardan biri bo‘lgan edi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

«Qonunlar ruhi», «Taab haqidagi tajriba», «Arzas va Ismeniya haqida Sharq qissasi», «Fors maktublari». Ta’limoti: Monteske huquq fanini o‘rganib Bordo shahrida dastlab maslahatchi, so‘ng parlament prezidenti (rais)laridan biri lavozimida ishlaydi. Tezda Monteske hakamlarning qirol davlati zo‘ravonligiga munosib qarshilik ko‘rsata olmasliklarini anglab, o‘z xizmat burchidan soviy boshlaydi. Shundan keyin Monteske fizik tadqiqotlar bilan mashg‘ul bo‘ladi va «akademiya» deb ataluvchi mahalliy ilmiy jamiyatda bir necha ma’ruzalar qiladi. Shu bilan birgalikda ijtimoiy-falsafiy masalalar tahsili bilan ham shug‘ullana boshlaydi va o‘z g‘oyalarini «Fors maktublari» deb nomlangan romanida ajoyib iboralarda ifodalaydi. Bu roman Gollandiyada anonim (muallif nomisiz) bosilib chiqadi. Lekin romanning muallifi Monteske ekanligi ma’lum bo‘lib, hurfikrlilar va feodal-mutlaq tuzumni tanqid qiluvchilar o‘rtasida katta shuhrat qozonadi. Monteske Parijdagi hurfikrlilar klubini faol ishtirokchisiga aylanadi.1728-yilda Monteske Fransiya akademiyasiga saylanadi. Hakamlik lavozimidan butunlay voz kechib, Monteske qo‘shni mamlakatlar urf-odatlari, axloqi, qonunchiligi va siyosiy muassasalarini o‘rganish maqsadida Germaniya, Avstriya,Italiya,Shveysariyaga safar qiladi, ikki yil Angliyada yashaydi. 1731- yilda Monteske vataniga qaytib kelib, Bordo shahri yaqinidagi o‘z yerida ko‘p vaqtini o‘zining ijtimoiy-falsafiy risolasiga sarf qiladi. Bu risolaning 1734-yilda nashr qilingan kirish qismi „Rimliklarning buyuklikka erishishi va tanazzulining sabablari haqida mulohazalar“ deb nomlanadi."Qonunlar ruhi" deb nomlangan risolaning o‘zi 1748-yilda nashr qilinadi. Monteskening bir nechta keyingi asarlari o'limidan so‘ng nashr qilinadi. Uning mumtoz estetik ruhdagi „Taab haqidagi tajriba“ asari 1757-yildayoq mashhur bo‘lib, „Ensiklopediya“ga kiritiladi.

Jamiyatga doir asari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek, uning muhim asarlaridan yana biri 1783-yilda nashr qilingan «Arzas va Ismeniya haqida Sharq qissasi»dir. Bu asarda xalq farovonligi haqida qayg‘uruvchi, adolatli qonunlar o‘rnatgan, «hamma vaqt xalq haqida gapirgan shoh haqida, o‘zlari haqida mutlaqo gapirmagan» faylasuflar yordamida mamlakatni boshqargan «ma’rifatli monarx»ning orzudagi timsoli tavsif qilinadi. Shunday qilib, Monteskening «Fors maktublari» Fransiyadagi feodal-mutlaq tuzumning illatlari, chunonchi, qirol saroyining tizginsiz boylikka hirsi, buzuq zodagonlar tomonidan qirolning sovg‘alarga ko‘milib tashlanishi, xalq ommasini xonavayron qiluvchi adolatsiz soliq yig‘uvchilarning ochko‘zligi va hokazolar zaharxandalik bilan tanqid qilinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarb falsafasi tarixi. Toshkent 2018