Shamsiddin Soxibnazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shamsiddin Sharafidinovich Soxibnazarov
Шамсиддин Шарафидинович Сохибназаров
Bosh prokuror oʻrinbosari
Mansab davri
16-yanvar, 2024-yil(2024-01-16) – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi
Mansab davri
17-oktyabr, 2023-yil(2023-10-17) – 16-aprel, 2024-yil(2024-04-16)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Dilshod Rahimov[1]
Yevroosiyo guruhi rais oʻrinbosari
Mansab davri
2023-yil yanvar – 2025-yil dekabr
Oʻtmishdoshi Xalbaev Dovran Dovletovich
Rais Chixanchin Yuriy Anatolevich[2]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-yanvar 1982-yil (1982-01-05) (42 yosh)
Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Taʼlim Toshkent davlat yuridik instituti
Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
Maʼlumoti Oliy
Mukofotlari
Mehr-saxovat koʻkrak nishoni
Unvoni Adliya katta maslahatchisi

Shamsiddin Sharafidinovich Soxibnazarov – davlat arbobi. Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari[3][4], Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi[5][6]. Yevroosiyo guruhi raisi oʻrinbosari[7].

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shamsiddin Soxibnazarov 1982-yil 5-yanvarda Farg'ona viloyatida tug'ilgan[7].

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan[7].

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soxibnazarov mehnat faoliyatini 2004-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Fargʻona viloyati boshqarmasida boshlaydi va u yerda turli rahbarlik lavozimlarida ishlaydi. 2007-yilda departamentning Toshkent viloyati boshqarmasiga oʻtadi va yerda ham turli rahbarlik lavozimlarida ishlaydi[7].

2010-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida boshqarmaning ichki xavfsizlik boʻlimi katta inspektori etib tayinlanadi. U yerda to 2016-yilga qadar bosh inspektor va boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2016-yilda ushbu boshqarmaning kadrlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi.

2017-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2018-yilda esa departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2021-yildan boshlab departamentning Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi.

2023-yil 16-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlanadi[7]. 2024-yil 16-aprel kuni ushbu lavozimdan ozod etiladi[8].

2023-yil 11-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Yevroosiyo guruhining 39-yalpi majlisida Sohibnazarov Shamsiddin Sharafidinovich 2024-yil yanvardan 2025-yil dekabrga qadar rais oʻrinbosari etib tasdiqlandi[9][7]. Yevroosiyo guruhi davlatlararo tashkilot boʻlib, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan shugʻullanadi.

2024-yil 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga oʻrinbosar etib tayinlanadi[10].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan „Sodiq xizmatlari uchun“ medali[11] va „Mehr-saxovat“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Adliya katta maslahatchisi unvoniga ega[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi“. daryo.uz (2023-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 6-may.
  2. [https://eurasiangroup.org/ru/mr-yury-chikhanchin-russia „Чиханчин Юрий Анатольевич (Россия) Председатель“]. Qaraldi: 6-may.
  3. „У Генерального прокурора Узбекистана появился новый заместитель“. podrobno.uz (6-may). Qaraldi: 6-may.
  4. „Начальник Департамента по экономическим преступлениям стал замом Генпрокурора“. repost.uz. Qaraldi: 6-may.
  5. „Сменился глава Департамента по борьбе с экономическими преступлениями“. gazeta.uz (2023-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 6-may.
  6. „Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-may.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 7,6 „Сохибназаров Шамсиддин Шарафидинович (Узбекистан)“. eurasiangroup.org. Qaraldi: 6-may.
  8. „Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i lavozimidan olingan – manba“ (uz). kun.uz (2024-yil 16-aprel). Qaraldi: 6-may.
  9. Abduraimova, Norgul „Shamsiddin Sokhibnazarov was appointed as Deputy Chairman of the Eurasian Group“ (en). uza.uz. UzA (2023-yil 11-dekabr). Qaraldi: 6-may.
  10. „Бош прокурорга янги ўринбосар тайинланди“. daryo.uz (6-may). Qaraldi: 6-may.
  11. „Prezident harbiylar va organ xodimlaridan bir guruhini mukofotladi“ (uz). kun.uz (2021-yil 26-avgust). Qaraldi: 6-may.