Shonay zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shōnai zilzilasidan yoʻnaltirildi)

Shonay zilzilasi (yaponcha: 庄内地震[1]) — 1894-yil 22-oktabrda Yaponiyaning Yamagata prefekturasining Sakata shahrida sodir boʻlgan zilzila. Bunga Shonay tekisligining sharqiy qirgʻogʻidagi yoriqlar zonasi (庄内平野東縁断層帯) harakati sabab boʻlgan[2].

Zarari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy tasdiqlangan xabarga koʻra, 14118 ta uy va bino zarar koʻrgan, 2148 tasi yonib ketgan[3]. Zarar koʻrgan hududda 726 kishi halok boʻlgan va 8403 kishi jarohat olgan. Sakatada keng koʻlamli yongʻin sodir boʻlgan va Shounay tekisligi atrofida koʻplab yorilish holatlari, yerning choʻkib ketishi, qum qaynashi va favvoralar kuzatilgan.

  1. „気象庁 | 過去の地震津波災害“. www.data.jma.go.jp. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
  2. 庄内平野東縁断層帯 — 地震調査研究推進本部
  3. „山形県の地震活動の特徴“. www.jishin.go.jp. Headquarters for Earthquake Research Promotion. 2016-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-may.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]