Sevinch (ayollar futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sevinch
Toʻliq nomi Sevinch (ayollar futbol klubi)
Asos solingan 2003 (21 yil avval) (2003)
Stadion Geolog stadioni
Prezidenti  UZB Shuhrat Aslanov
Bosh direktori Alisher Yusupov
Murabbiyi  UZB Xan Vladislav Nikolaevich
Sardori Nilufar Qudratova
Vebsayt pfcsevinch.uz
Musobaqasi Oliy liga
2019-yil 1-o`rin
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Sevinch — Qarshi shahrining ayollar futbol klubidir. Sevinch klubi 2003-yilda tashkil topgan va tashkil topgan yilidan boshlab Oliy Liga qatnashchisi hisoblanadi[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilning iyun oyida „Shoʻrtan gaz kimyo“ majmuasi direktori Alisher Sultonovning tashabbusi bilan ayollar professional futbol klubiga asos solindi. Dastlab „Sevinch“ 2003-yili chempionatning bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2004-yilga kelib, „Sevinch“ qizlari oʻz tarixida birinchi marta chempionlik unvonini nishonlashdi. 2005-yili kumush medalini qoʻlga kiritgan. 2006-yildan 2017-yilga qadar Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. „Sevinch“ ayollar futbol klubiga 2003-yildan buyon Xan Vladislav Nikolaevich ustozlik qilib kelgangan.

Jamoa rahbariyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sevinch klubining tashkil etilishida „Shoʻrtan gaz kimyo“ majmuasi direktori Alisher Sultonov hissasi katta.

Lavozim Ism
Prezident OʻzbekistonShuhrat Aslanov Choriyevich
Bosh direktor OʻzbekistonAlisher Yusupov
Sport direktori UkrainaSergey Kucherenko

Murabbiylar shtabi va texnik xodimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lavozim Ism
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Xan Vladislav Nikolaevich
Darvozabonlar murabbiyi OʻzbekistonBelova Yelena
Murabbiyi  OʻzbekistonAleksand Beynarovich
Shifokor  OʻzbekistonEshmurodov Oʻktam
Masajchi OʻzbekistonXurshida Jovliyeva
Maʼmur OʻzbekistonAziz Sharapov

Jamoaning musobaqalardagi ishiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Sevinch" ayollar futbol klubi katta futboldan tashqari, boshqa futbol turlarida ham sovrindor klub hisoblanadi. „Sevinch“ futzal (mini futbol) boʻyicha oʻn toʻrt karra (2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018 yillar) Oʻzbekiston chempioni, shuningdek futzal boʻyicha toʻqqiz karra (2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017 yillar) Oʻzbekiston kubogini ham qoʻlga kiritgan. Shuningdek „Sevinch“ ayollar futbol klubi bir qator xalqaro musobaqalarning sovrindori. 2005-yili Tailandda boʻlib oʻtgan, Osiyo oʻyinlari doirasidagi mini futbol boʻyicha bosh sovrin sohibi. 2009-yili Rossiyada boʻlib oʻtgan, „Istrinskaya jemchujina“ mini futbol boʻyicha xalqaro turnirda bosh sovrinni qoʻlga kiritgan. 2009-yili Iordaniya davlatida boʻlib oʻtgan, mini futbol boʻyicha „Omon-79“ xalqaro turnir gʻolibi. 2009-yili Qarshi shahrida boʻlib oʻtgan, mini futbol boʻyicha „Karshi Cup-2009“ xalqaro turnir gʻolibi. 2009-yili Bolgariyada boʻlib oʻtgan mini futbol boʻyicha Yevropa kubogi sohibi. 2010-yili Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan XIV Arab oʻyinlari doirasidagi mini futbol musobaqasi gʻolibi 2010-yili oʻtkazilgan, mini futbol boʻyicha „Omon-79“ va „Karshi Cup-2010“ xalqaro turnirlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2010-yili Yevropa kubogida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2019-yil 7-mart kuni „Sevinch“ ayollar futbol klubiga 200 million soʻm mukofot puli oʻtkazib berildi[3].

Stadioni[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Sevinch" ayollar futbol klubi Oʻzbekiston Oliy ligasidagi uy oʻyinlarini „Geolog“ stadionida oʻtqazadi. „Geolog“ stadioni 1983-yil 1-may sanasida ochilgan. Stadion oʻz bagʻriga 11.000 ming muhlisni sigʻdira oladi. Stadion oʻlchami 105 x 68 m tashkil etadi. „Geolog“ stadioni 1993, 1995, 2011-yillar qayta taʼmirdan oʻtqazilgan. 2020-yil 26-may „Sevinch“ ayollar futbol klubi mashgʻullotlar bazasida taʼmirlash ishlari olib borildi[4]. Stadion chimi tabiiy. Manzil: Nasaf koʻchasi, 5-uy.

Joriy tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 30-dekabr holatiga[5]

Amplua Futbolchi
1  UZB DR Laylo Tilovova[6]
3  UZB HM Zumratjon Nazarova[7]
4  CMR HM Njolle Alvine Ngonja[8]
6  UZB HJ Sevara Roʻziyeva[9]
7  GHA HJ Fuseina Mumuni[10]
9  UZB HM Maftuna Shoyimova[11]
10  UZB YH Saida Galimova[12]
11  UZB HJ Gulzoda Amirova[13]
12  UZB DR Sevara Nurullayeva[14]
13  UZB HM Yulduz Shodiyeva[15]
15  IND YH Dangmei Grace[16]
Amplua Futbolchi
16  UZB DR Maftuna Jonimqulova[17]
17  UZB HJ Shodiya Tosheva[18]
18  UZB HJ Nargiza Eshtimerova[19]
19  UZB YH Liana Norbekova[20]
20  UZB YH Zarina Norboyeva[21]
23  UZB DR Anjelina Polyushkich[22]
30  UZB HJ Mehribon Egamberdiyeva[23]
32  UZB YH Oʻgʻiloy Saʼdullayeva[24]
37  UZB YH Malika Burxonova[25]
77  UZB HJ Nilufar Qudratova[26]
90  UZB HJ Mahliyo Sariqova[27]

Sevinch klubi yangi davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 1-dekabr kuni „Shoʻrtan gаz kimyo majmuаsi“ MCHJ ijro orgаnining 018/75-sonli yigʻilish bayonigа muvofiq „Sevinch“ ayollаr futbol klubi belgilangаn tartibdа qoʻshish boʻyichа tugatilib, futbol klubining moddiy-texnik bazаsini yanada mustаhkamlash, boshqaruvini tаkomillashtirish, klub faoliyаtini rivojlantirish, uning nufuzini yanаda oshirish maqsadidа „Nasaf“ futbol klubi tаrkibiga qoʻshildi[28]. 2022-yilning 15-iyun kuni „Sevinch“ аyollar futbol klubi uch nаfar legioner futbolchini oʻz sаfiga qoʻshib oldi[29].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Oliy ligasi sovrindori: (15 marta)

  • 2004, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2019,[30] 2022, 2023

Oʻzbekiston Oliy ligasi vitse chempioni: (3 marta)

  • 2005, 2017, 2018

Oʻzbekiston Oliy ligasi bronza medali sohibi

  • 2003

Oʻzbekiston kubogi sohibi: (13 marta)

  • 2005, 2006, 2007, 2008, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2016, 2018, 2022,[31] 2023[32]

Oʻzbekiston superkubogi: (3 marta)

  • 2015, 2017, 2023

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Аёллар футболи. "Насаф" 6 ноябрь куни клублар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирокини бошлайди“ (2023-yil 2-noyabr).
  2. „Ўзбекистонда биринчи аёллар футбол мактаби очилди“ (22 июн 16:49).
  3. „Sevinch ayollar futbol klubiga 200 million so`m mukofot puli o`tkazib berildi“. [sayt ishlamaydi]
  4. „Sevinch futbol klubi mashg`ullotlar bazasida ta`mirlash ishlari olib borildi“.
  5. „Sevinch“.
  6. „Laylo Tilovova“.
  7. „Zumratjon Nazarova“.
  8. „Alvine Njolle“.
  9. „Sevara Roʻziyeva“.
  10. „Fuseina Mumuni“.
  11. „Maftuna Shoyimova“.
  12. „Saida Galimova“.
  13. „Gulzoda Amirova“.
  14. „Sevara Nurullayeva“.
  15. „Yulduz Shodiyeva“.
  16. „Dangmei Grace“.
  17. „Maftuna Jonimqulova“.
  18. „Shodiya Tosheva“.
  19. „Nargiza Eshtimerova“.
  20. „Liana Norbekova“.
  21. „Zarina Norboyeva“.
  22. „Anjelina Polyushkich“. [sayt ishlamaydi]
  23. „Mehribon Egamberdiyeva“.
  24. „Oʻgʻiloy Saydullayeva“.
  25. „Malika Burxonova“.
  26. „Nilufar Qudratova“.
  27. „Mahliyo Sariqova“.
  28. „Sevinch ayollar futbol klubi Nasaf bilan birlashtirildi“.
  29. „Sevinch tarkibida endi uch nafar legioner futbolchi to'p tepadi“.
  30. „Sevinch jamoasiga oltin medallar va bosh sovrin – Kubok topshirildi“.
  31. „«Севинч» — Ўзбекистон кубоги соҳиби“. 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2022-yil.
  32. „"Севинч" "ОКМК-W"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон Кубогини қўлга киритди!“ (2023-yil 25-noyabr).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]