Sergey Zagulin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Sergey Zagulin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Pavlovich Zagulin
Tavallud sanasi 7-sentyabr 1961-yil (1961-09-07) (62 yosh)
Tavallud joyi Leningrad viloyati, SSSR
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan

Sergey Pavlovich Zagulin (1961-yil 7-sentyabr, Kingisepp) — sovet va rus futbolchisi, faoliyati davomida futzalda ham toʻp surgan va bugungi kunda futzal murabbiyi hisoblanadi. Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi[1].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leningrad futbol maktabi tarbiyalanuvchisidir. U 1984-yil Sovet Armiyasida xizmat qilish uchun Namanganga yuborildi va harbiy xizmat davomida Kosonsoyning „Kasansaets“ jamoasida ikki mavsum davomida toʻp surgan. Kosonsoyliklar takibida SSSR Ikkinchi ligasi va Oʻzbekiston SSR musoboqalarida 24 ta oʻyinda 4 ta gol muallifi boʻlgan. 1986-yil amiya hizmati yakunlanganidan soʻng Magnitogorskning „Metallurg“ jamoasida 3 mavsum davomida oʻynadi. Metallurg jamoasida 76 ta oʻyinda 6 ta gol urdi. 1989-yil oʻzining tugʻilib oʻsgan vatani Kingiseppga qaytdi va mahalliy havaskorlar jamoasi „Fosforit“ (Kingisepp) zavod klubida toʻp surdi[2]. 1992-yil SSSR parchalanishi bilan u Estoniyaning „Trans“ (Narva) klubiga oʻtdi[2]. 1993-yilda u Novgorod shahrini mahalliy „Zarya“ futzal klubiga oʻtdi[3]. Zarya jamoasi tarkibida Novgorod chempionatida ishtirok etdi. 1995-yilda u Kingisepp jamoasi tarkibida Narva meri kubogida uchinchi oʻrinni egalladi[4]. 1995-yilda Pikalevoning „Metallurg“ havaskorlar jamoasi tarkibida mahalliy musboqalarda ishtirok etdi. Bugungi kunda futzal jamoalarida murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Турнир по мини-футболу на открытом воздухе среди ветеранов под Кингисеппом“ (ru). kingisepp.ru. Кингисеппский городской инфо портал (2019-yil 28-may). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  2. 2,0 2,1 „Сезон 1991“ (ru). regional-football.ru. Региональный футбол России. 2016-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  3. Валерий Дмитриев. „Двадцать лет в строю: Официальнвя история новгородского мини-футбола“ (ru). cyberpedia.su. КиберПедия. 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  4. „Ветераны кингисеппского футбола завоевали "бронзу" в Эстонии. "Кубок мэра Нарвы 2015"“ (ru). kingisepp.ru. Кингисеппский городской инфо портал (2015-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]