Sergey Chapligin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sergey Alekseyevich Chapligin [1869.24. (5.4), Ryazan gubernyasi, Ranenberg shahri, hozirgi Lipetsk viloyati, Chapligin shahri — 1942.8. 10, Novosibirsk] — mexanika sohasidagi rus olimi, gidrodinamika asoschilaridan biri, SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1929), Mehnat Qahramoni (1941). N.Ye. Jukovskiyning shogirdi va safdoshi. Moskva universitetini tugatgan (1890). Markaziy aerodinamika institutida ishlagan (1918-yildan). Ilmiy ishlari asosan nazariy mexanika muammolariga doyr. Qattiq jismlarning suyuqlikdagi harakat qonunlarini oʻrgangan, tezligi tovush tezligidan kichik boʻlgan gaz oqimini tekshirish usulini ishlab chiqib, gaz dinamikasiga asos solgan. Chapligin samolyot qanoti atrofida havo sirkulyatsiyasi tezligini aniqlash haqidagi postulatni (Chapligin — Jukovskiy postulatini) birinchi marta aniq bayon qilgan. Chapligin aviatsiya va aeromexanikaga doyr murakkab masalalarning yechimini bergan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alekseyevich Chapligin Sergey" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil