Sentimentalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sentimentalizm (frans. sentiment — histuygʻu) — 18-asr 2-yarmi — 19-asr boshida Yevropa va AQSH adabiyoti va sanʼatidagi oqim. S.da hissiyot yaxshilik va yomonlikni belgilovchi, insonning qadrqimmatini aniklovchi asosiy meʼyor sifatida talqin qilinadi. Dastlab sentimental kayfiyatlar J. Tomson ("Yil fasllari", 1730), E. Yung ("Tungi yullar", 1742—45), T. Grey ("Qishloq qabristonida yozilgan marsiya" 1751) kabilar sheʼriyatida va O. Goldsmit, S. Stern nasrida koʻzga tashlanadi. S.ning Fransiyadagi yirik vakillari — A.Prevo, J.J.Russo va boshqa S. aklidrokdan koʻra histuygʻuni ustun qoʻyish asosida inson shaxsini tasdiklashning yangi shakli edi. S. ruhidagi asarlarda inson histuygʻulari har tomonlama badiiy tadqiq qilinib, psixologik taxlilga keng oʻrin beriladi. Ayniqsa, histuygularning tabiiyligi ulugʻlanadi. S. yoʻnalishidagi asarlarda histuygʻuning ustuvor qoʻyilishi insonning nafaqat oʻz olami, balki tabiatga boʻlgan munosabatini ham oʻzgartirdi. S.da tabiat inson kechinmalariga hamohang tarzda, uning ichki dunyosini chuqurroq ochishga yordam beruvchi vosita sifatida namoyon boʻldi. L. Sternning tugallanmagan "Sentimental sayoxat" (1768) asaridan taʼsirlangan D. Yum insonning oʻz-oʻziga qaytishi, oʻz-oʻzini anglashi toʻgʻrisida irratsional nazariyalar yaratdi.

Rossiyada S. 18-asrning 90y.larida N.M. Karamzin ijodida oʻz aksini topdi. Uning "Bechora Liza" (1792), "Yuliya" kabi asarlarida oddiy kishilarga, dehqonlarga xayrixoxlik tuygʻulari ifodalanadi. Bu asarlar rus adabiyotiga psixologik badiiy taxlilni olib kirdi. Sentimentalchilar adabiyotda maktub, sayohatnoma, marsiya, qasida, idilliya, masal singari janrlarni taraqqiy ettirdilar. S. oʻzining eng yuksak namunalarida hayotga isyonkorona, tanqidiy munosabatda boʻlishni oʻrgatdi, insonning ichki olamini, kechinmalari va hissiyotlarini eʼzozlashni targʻib qildi.

Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda 20-asr boshlarida jadidchilikning shakllanishi, rus va Yevropa adabiyotidan tarjimalarning koʻpayishi, tatar, ozarbayjon, turk adabiyotlari taʼsirida yangi maʼrifatchilik gʻoyalariningoʻsishi natijasida Behbudiyning "Padarkush", Hamzaning "Yangi saodat", "Zaharli hayot"; Qodiriyning "Baxtsiz kuyov", "Jinlar bazmi" asarlarida, Fitrat va Choʻlponning ayrim dramatik va lirik asarlarida sentimental kayfiyatlarga moyillik, kuchli hissiyotlarga berilish, hissiy-maʼrifiy tanqid nishonalari va mayllari yaqqol koʻzga tashlandi. Bu mayllar 20y.larning oʻrtalariga qadar davom etdi, lekin S. oʻzbek adabiyotida mustaqil oqim tusiga kirmadi. S. vakillari (A. S. Gretri, K.F. Bax, K.F.D.Shubart) musiqaga — inson tuygʻularini be vosita aks ettirib, tinglovchilarga kuchli taʼsir eta oladigan sanʼat turi sifatida alohida oʻrin ajratgan. S.da musiqiy janrlar va obrazlar majmuasi kengaydi. Hajviy operaga dramatizm unsurlari kirib keldi (N.Pichchinni, P. Monsini, A. Gretri operalari), yangi — melodrama janri qaror topdi, cholgʻu jurnavozligida ijro etiladigan yakkaxon qoʻshigʻi (Berlin maktabi vakillari, rus kompozitorlar ijodida) rivojlandi. Shuningdek, S. Mangeym maktabi ijodkorlari, qisman I. Gaydn, V.AMotsart, keyinchalik F. Shubert, P. Chaykovskiy va boshqa kompozitorlar asarlarida oʻz ifodasini topgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tron yekaya M., Nemetskiy sentimentalnoyumoristicheskiy roman epoxi Prosvesheniya, L., 1965; Kochetkova N.D., Poeziya russkogo sentimentalizma. N.M. Karamzin, I.I.Dmitriyev, v kn., Istoriya russkoy poezii, t. 1, M.L. 1968.

Dildora Rashidova.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil