Sayyor syujetlarga misollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sayyor syujetlar nazariyasi uchun ba'zi misollar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malika yosh bolasi bilan, yoki homilador holda o`z mamlakatidan daryoga sandiq/bochkada oqizib yuborilgan, undan tug`ilgan farzand esa kelajakda komil insonga aylanadi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Rustamxon" dostoni:
    • Syujet: Bunda Xonning 3 ta xotini bo`ladi, ammo farzandlari bo`lmaydi. Kichkina xotinining homilador bo`lganligi sharafiga chet mamlakatga yurish boshlaydi. Bundan foydalangan kundoshlar ayyor kampirni yollab, xonning kichkina xotiniga nisbatan fitna qilishadi. Oqibatda safarda bo`lgan xon kenja xotinini dorga osishni buyuradi. Ammo Xonning farzandi - Rustamxon onasini qutqarib, tog`ga qochib ketishadi. Rustamxon ovchi bo`lib yetishadi, bir qizni ajdar changalidan qutqaradi. Yurishdan qaytgan xon haqiqatni aniqlagach kenja xotini va farzandidan kechirim so`rash uchun qalandar qiyofasida safarga otlanadi. Ularni topib yarashadi.
    • O`xshashliklar: malikaning qirollik oilasidan ekanligi, kamolotga erishgan farzand, otaning kechirim so`rab kelishi
    • Farqlar: fitna sodir bo`lganda farzandning ulg`ayganligi va onasini qutqarishi
  2. Anius haqidagi yunon afsonasi:
    • Syujet: Malika Reo va Xudo Apollonning farzandi. Qizining homiladorligini bilgan ota uni sandiqqa solib dengizga tashlaydi. Sandiq Delos oroliga kelib qoladi. Anius ulg`aygach otasidan folbinlik san'atini o`rganadi va Delos orolining hukmdoriga aylanadi.
    • O`xshashliklar: malikaning qirollik oilasidan ekanligi, sandiqqa tashlab yuborilganligi, kamolotga erishgan farzand, dengizga tashlanganda malikaning homilador ekanligi
    • Farqlar: Ota tomondan fitna sodir etilishi
  3. Budok haqidagi rivoyat:
    • Syujet: Brest qirolining naberasi. O`gay ona fitnasi sababli aldangan ota homilador qizi Azenorni bochkaga solib dengizga oqizib yuboradi. Azenorning ko`zi bochkada yoriydi. 5 oylik bochkadagi sayohatdan so`ng Irlandiya sohillariga kelib qoladi. Chaqaloqqa Budok - "suvdan qutqarilgan" ismini qo`yishadi. U yerda Azenor monastirda ishlay boshlaydi. O`lim to`shagida yotgan o`gay ona barcha qilmishlariga iqror bo`ladi. Azenorning eri xotinini qutqarish uchun Irlandiyaga boradi. U yerda ular yarashadi. Budok esa ulg`ayib avliyoga aylanadi.
    • O`xshashliklar: malikaning qirollik oilasidan ekanligi, dengizga oqizib yuborilganligi, kamolotga erishgan farzand, homilador holatda dengizga tashlab yuborilgan malika
    • Farqlar: Fitnaning o`gay ona tomondan sodir etilganligi, bochkaga solib dengizga oqizilishi

Shuningdek A. Pushkinning "Shoh Sulton haqidagi ertak"i ham shunday syujet asosiga qurilgan.