Saud bin Abdulloh al-Qahtaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saud bin Abdulloh al-Qahtaniy
Saudiya Arabistoni davlat maslahatchisiqirollik sudi maslahatchisi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1978-yil 7-iyul
saudiya Arabistoni, Riyad shahri
Fuqaroligi Saudiya Arabistoni fuqarosi
Millati Arab
Taʼlim

Qirol Saud universitetida huquqshunoslik bo'yicha bakalavr darajasi

Naif Arab xavfsizlik fanlari universitetida (NAUSS) jinoiy sudlov bo'yicha magistrlik darajasi
Faoliyati 2012—2019-yillar oralig`ida
Mukofotlari Saudiya Qirollik havo kuchlarini serjant

Saud bin Abdulloh al-Qahtaniy (1978-yil 7-iyulda tugʻilgan) — Saudiya Arabistoni davlat maslahatchisi va sobiq qirollik sudi maslahatchisi. 2018-yil oxirida ishdan boʻshatilgunga qadar u Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning maslahatchisi boʻlib ishlagan[1][2].

Xabar qilinishicha, u boshqa soʻroq va qiynoqlar qatorida Jamol Qashiqchining[3] oʻldirilishini nazorat qilgan. Aynan shu voqeadan keyin u ishdan boʻshatilgan. Dekabr oyida turk rasmiylari uni jamol Qoshiqchining oʻldirilishida ayblab hibsga olish uchun order bergan. 2019-yil mart oyidagi maʼlumotlarga koʻra, u uy qamogʻida ekanligi maʼlum qilingan[4]. 2019-yil aprel oyida Qoshiqchining oʻldirilishiga javob sifatida Qoʻshma Shtatlar hukumati al-Qahtani va yana 15 kishining Qoʻshma Shtatlarga kirishini taqiqladi[5].

„Millatchi mafkurachi“ sifatida taʼriflangan al-Qahtaniy Muhammad bin Salmonning tashqi va ichki siyosatiga katta taʼsir koʻrsatdi[6][7]. Ishdan boʻshatilgunga qadar uning rasmiy lavozimi Tadqiqotlar va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash markazining bosh nazoratchisi boʻlgan[8][9][10].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Qahtaniy 1978-yil 7-iyulda Saudiya Arabistonining Ar- Riyod shahrida tugʻilgan[11][12]. U Qirol Saud universitetida huquqshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini olgan va Saudiya Qirollik havo kuchlarini serjant unvoni bilan tamomlagan[13]. Al-Qahtaniy keyinchalik Naif Arab xavfsizlik fanlari universitetida (NAUSS) jinoiy sudlov boʻyicha magistrlik darajasini olgan[14][13].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Qahtaniy avval Elaph gazetasida jurnalist va Ar- Riyodda muxbir sifatida ishlagan[15].

Al-Qahtoniy huquqshunoslik tahsilini olganidan soʻng qirollik saroyi boshligʻi oʻrinbosarining maslahatchisi boʻlib ishladi[16]. 2003-yilda u oʻsha paytdagi valiahd shahzoda Abdulla bin Abdul Aziz kotibiyatida yuridik maslahatchi boʻlib ishlagan[11]. 2000-yillar boshida u Saudiya Arabistoni obroʻsini himoya qilish uchun Xolid at-Tuvayjriy tomonidan maxsus ishlarga yollangan[3]. 2008-yilda u qirollik saroyida ommaviy axborot vositalari monitoringi uchun mas’ul boʻldi[11]. Al-Qahtaniy Hacking Team jamoasi bilan josuslik maqsadida keng ishlagan[17][18][19][20].

Xabarlarga koʻra, u Nokia2mon2 foydalanuvchi nomidan foydalangan holda Hack forumlarida ham faol boʻlgan[19][21][22].

2012-yilda rasman qirollik saroyining maslahatchisi etib tayinlangan va 2015-yilda unga vazir unvoni berilgan[11][15][23].

U, shuningdek, Saudiya kiberxavfsizlik, dasturlash va dronlar federatsiyasi (SAFCSP) prezidenti va raisi ham boʻlgan[9][24][25]. Al-Qahtaniy, shuningdek, Qirol Abdul Aziz universiteti, MiSK fondi, Al-Ula qirollik komissiyasi va Saudiya kiberxavfsizlik va dasturlash ittifoqi direktorlar kengashida ishlagan[11].

Saudiya Arabistonining ichki ishlardagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda al-Qahtaniy Saudiya Arabistonida 2017-yilgi tozalashda muhim rol oʻynagan va u yerda soxta uchrashuvlar uyushtirish orqali Riyoddagi Ritz-Karltonga unvon va nishonlar bergan[26]. Xabar qilinishicha, Al-Qahtaniy qiynoq va qamoq tahdidi ostida mahbuslarni mol-mulkdan voz kechishlari toʻgʻrisidagi hujjatlarni imzolashga majburlagan[4].

2018-yilda al-Qahtaniy Saudiya Arabistonida bir qancha faol ayollar, jumladan Lujayn al-Xatloulning qiynoqqa solinishini kuzatgani xabar qilingan[27]. Maʼlumotlarga koʻra, erkaklar vasiylik tizimiga qarshi va haydovchilik huquqi uchun kampaniya olib borgan faollar jinsiy zoʻravonlik, elektr qiynoqlari, kaltaklash, zoʻrlash va qotillik tahdidlariga duchor boʻlishgan[27][4]. Al-Qahtaniy soʻroq majlislarining birida shaxsan ishtirok etgani va shaxsan zoʻrlash, qotillik qilish va faollardan birining jasadini kanalizatsiyaga tashlash bilan tahdid qilgani aytiladi[28].

Jamol Qoshiqchining oʻldirilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ajmol Qoshiqchi 2018-yil mart oyida
Jamol Qoshiqchining oʻldirilganidan keyigi norozilik namoyishi

Qoʻshma Shtatlar razvedka hamjamiyati al-Qahtaniyni saudiyalik dissident va Washington Post gazetasi jurnalisti Jamol Qoshiqchiga suiqasd boʻyicha guruh rahbari sifatida aniqladi[29]. Al-Qahtaniy Amerika razvedkasi rasmiylari Saudiya te aralashuv guruhzkori deb atagan guruh rahbari sifatida ishlagan, xabarlarga koʻra, 2017-yildan beri kamida oʻnlab operatsiyalarni amalga oshirgan[4].

Al-Qahtaniy kamida 2017-yil oktabr oyidan beri Qoshiqchi bilan aloqada boʻlib, Qoshiqchiga uning ommaviy yozuvlari kuzatilayotgani haqida ogohlantirgan[30]. Xabar qilinishicha, Al-Qahtaniy Qoshiqchini Saudiya Arabistoniga qaytarish bilan shugʻullangan va Qoshiqchiga valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan hamkorlik qilishi mumkinligini aytgan[31].

2018-yil 2-oktabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida Jamol Qoshiqchi oʻldirilganidan soʻng, al-Qahtaniy qirollik mahkamasining OAV boʻyicha nazoratchisi lavozimidan ozod etilgan[32][33][34].

Arab va turk manbalariga koʻra, al-Qahtaniy Qoshiqchi operatsiyasini uyushtirgan, hatto yigʻilgan jamoaga: „Menga itning boshini olib keling“, deb aytishdan oldin, konsullikka Skype orqali qoʻngʻiroq qilib, Qoshiqchi bilan gaplashib, uni shaxsan haqorat qilgan[3]. Saudiya Arabistoni davlat prokurori 2018-yilning 15-noyabr kuni Qoshiqchini oʻldirishda 11 agentdan shubha qildi va 5 nafariga ayblov eʼlon qilinganini maʼlum qildi. Uning qoʻshimcha qilishicha, al-Qahtaniy Qoshiqchini oʻldirgan guruh rahbari bilan Turkiyaga joʻnatilishidan oldin uchrashgan. Al-Qahtaniy hibsga olinmagan[26]. Saudiya Arabistoni rasmiylari Qoshiqchi qoldiqlari qayerdaligini hech qachon oshkor qilmagan.

Shahzoda Muhammad bin Salmon Qoshiqchi oʻldirilishidan bir necha soat oldin va keyin al-Qahtaniy bilan kamida 11 ta xabar almashgan va bu Markaziy razvedka boshqarmasini shahzoda Muhammad Qoshiqchi oʻldirilishiga buyruq bergan degan xulosaga kelgan[31]. Saudiya Arabistonining zarba berish guruhi aʼzosi Maher Mutreb ham al-Qahtaniyga qoʻngʻiroq qilib, operatsiya yakunlangani haqida xabar bergan[35]. Biroq, hisobotning xabar almashish vositasiga Saudiya Arabistoni tomonidan oʻtkazilgan maxfiy tergovga asoslangan holda eʼtiroz bildirilgan[36].

2018-yilning noyabrida Saudiya Arabistoni rasmiylari uning tergov qilinayotganini va mamlakatni tark etishi taqiqlanganini tasdiqladi. 2018-yilning 5-dekabr kuni Istanbul Bosh prokuraturasi Saud al-Qahtaniyni Qoshiqchi oʻldirilishida ayblanib, hibsga olish uchun order soʻragan va va bu ordenrni olgan[37][38]. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Adel al-Jubayr 9-dekabr kuni Turkiyaning al-Qahtaniyni ekstraditsiya qilish haqidagi soʻrovini rad etib, Saudiya Arabistoni oʻz fuqarolarini ekstraditsiya qilmasligini aytgan[39].

2019-yil yanvarida Saudiya Arabistoni rasmiylari, The Washington Post gazetasining yozishicha, al-Qahtaniyning qayerdaligini tasdiqlashdan bosh tortgan. U tergovning oʻziga taʼsir qilishi mumkinligidan xavotirlar ham boʻlgan[40]. Vashingtonda joylashgan Arab Markazi ijrochi direktori Xalil Jahshan Al-Jazira telekanaliga bergan intervyusida al-Qahtaniyning „yoʻqolib qolishi“ „Saudiya Arabistonidagi tergovining tabiiy jarayoni“ ekanligini va ehtimol bu uni saqlab qolish strategiyasi sifatida foydalanilishini aytdi. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Qoshiqchining oʻldirilishi bilan bogʻliq ayblovlardan himoya qilindi: „Ular Turkiya yoki xalqaro hamjamiyat tomonidan [qotillikda] aloqadorlikda ayblangan baʼzi asosiy oʻyinchilarga boshpana berishdi. Hozir Saudiya kampaniyasining maqsadi valiahd shahzodani Qoshiqchining oʻldirilishi bilan bogʻliq har qanday ayblovlardan yiroq tutishdir“ deyiladi intervyuda[41].

2019-yil dekabr oyida Saudiya davlat televideniyesi al-Qahtaniy Qoshiqchining oʻldirilishidagi roli uchun tergov qilinayotgani, ammo aloqadorlik isboti boʻlmagani uchun har qanday ayblovdan xoli boʻlgai haqida xabar bergan edi. Qolgan besh kishi oʻlimga hukm qilindi, yana uchtasi esa 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi[42]. Agnes Kallamard Saudiya Arabistonidagi sud jarayonlarini „adolatga qarshi“ va „masxara“ deb atadi[43].

Xakerlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Qahtaniy Saudiya Arabistoni Qirolligi nomidan jinoiy xakerlik vositalarini sotib olgani maʼlum boʻldi (jumladan, Italiyaning Hacking Team kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan asboblar)[2].

2019-yilning 5-mart kuni The Guardian qirol Salmon va uning oʻgʻli, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabar berdi[44].

FTI Consulting tahliliga koʻra, al-Qahtaniy Jeff Bezosning mobil telefonini (Amazon bosh direktori va The Washington Post egasi) buzish uchun foydalanilgan vositalarni Jamol Qoshiqchi oʻldirilishidan besh oy oldin sotib olgan. AQShning The National Enquirer (Devid Pekerga tegishli American Media Inc nashriyoti) nashriyoti Bezosning oʻsha paytdagi ayoli Loren Sanches bilan munosabatlarini fosh qilganidan keyin FTI Consulting kompaniyasidan Bezosning qurilmalarini koʻrib chiqish soʻralgan. Bezos Devid Pekerni Sanchesga yuborgan „intim fotosuratlarini“ nashr qilish tahdidi bilan firibgarlik qilishga uringanlikda aybladi[45]. Bezos jamoasi buni American Media Inc va Saudiya Arabistoni Qirolligi tomonidan uyushtirilgan bostirish boʻlganini taxmin qildi[46][47].

Guardian nashrining xabar berishicha, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning shaxsiy akkauntidan yuborilgan WhatsApp xabari buzgʻunchilikka sabab boʻlgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisobotida ham xuddi shunday xulosaga kelingan[48]. Agnes Kallamard, BMTning qisqa muddatli qatllar va suddan tashqari qotilliklar boʻyicha maxsus maʼruzachisi va BMTning soʻz erkinligi boʻyicha maxsus maʼruzachisi Devid Kay qoʻshma bayonotida "Saudiya Arabistoni janob Qoshiqchining oʻldirilishini goʻyoki tergov qilayotgan va oʻzi aybdor deb hisoblaganlarni jinoiy javobgarlikka tortayotgan paytda, u janob Bezos va Amazonga qarshi yashirin ravishda keng qamrovli onlayn kampaniya olib bordi va uni asosan The Washington Post gazetasi egasi sifatida nishonga oldi, " deb xabar qilib, AQSh va boshqa tegishli organlar tomonidan zudlik bilan tergov oʻtkazishni talab qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tergovchilari Saudiya Arabistonining munozarali Isroil texnologiya firmasi NSO Group tomonidan uyali telefonlarni masofadan turib kuzatish imkonini beruvchi Pegasus josuslik dasturidan foydalanishi Bezosga qilingan xakerlik hujumining „eng ehtimolli izohi“ degan xulosaga keladi. WhatsApp’ga egalik qiluvchi Facebook shundan keyin Amerikadagi NSO Group’ni sudga berdi[49][50][51].

Soʻnggi voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil avgust oyida tanqidchi Iyad al-Bagʻdodiy Twitterda[52] al-Qahtoniy zaharlanganini yozdi. 2019-yil sentabrida Bloomberg News zaharlanish haqidagi mish-mishlarga eʼtibor qaratib, al-Qahtaniyga yaqin boʻlgan ikki kishi uning hali ham tirikligini daʼvo qilishini aytdi[53]. 2021-yil 8-oktabrda Britaniyaning The Guardian gazetasi Al-Qahtaniyning Muhammad bin Salmon saroyiga qaytishi alomatlari haqida xabar berdi. Bu yangilik 2021-yilning may, iyun va avgust oylaridan beri hukumatparast ijtimoiy tarmoqlardagi odamni „qahramon“, „vatanparvar“ va „rahbar“ sifatida maqtagan bir nechta qoʻllab-quvvatlash xabarlari paydo boʻlishiga olib kelmoqda[54].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ahmad Asiri (umumiy)
  • Saloh Muhammad Tubaygi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Who is Saud al-Qahtani, the fired Saudi royal court adviser?“. Al Jazeera English (20-oktabr 2018-yil).
  2. 2,0 2,1 Zetter, Kim; Cox, Joseph. „Here Is the Technical Report Suggesting Saudi Arabia's Prince Hacked Jeff Bezos' Phone“. Vice Media (22-yanvar 2020-yil). „The digital forensic results, combined with a larger investigation, interviews, research, and expert intelligence information, led the investigators “to assess Bezos’ phone was compromised via tools procured by Saud al Qahtani,” the report states.“. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "VicJan 20202" defined multiple times with different content
  3. 3,0 3,1 3,2 „How the man behind Khashoggi murder ran the killing via Skype“. Reuters (22-oktabr 2018-yil). Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "reuters" defined multiple times with different content
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Mazzetti, Mark; Hubbard, Ben. „Saudi Crown Prince's Brutal Drive to Crush Dissenters Began Before Khashoggi“. The New York Times (17-mart 2019-yil). Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "NYTMarch18" defined multiple times with different content
  5. „Pompeo Bars 16 Saudis From U.S. in Response to Khashoggi Killing“. The New York Times. Qaraldi: 8-aprel 2019-yil.
  6. „Spotlight: Inside the stricken court of crown prince Mohammed Bin Salman“. GQ (27-dekabr 2018-yil).
  7. „Saudi 'Mr. Hashtag' becomes fall guy in Khashoggi case, but is he really down?“. France 24 (25-oktabr 2018-yil).
  8. „Saud Qahtani: Saudi authorities are taking legal steps against beIN Sports“. Saudi Gazette (23-iyun 2018-yil). „Saud Al-Qahtani, the general supervisor of the Center for Studies and Media Affairs at the Saudi Royal Court, confirmed that relevant Saudi authorities are taking the necessary legal steps against the beIN Sports channels for “bringing politics into sports”.“.
  9. 9,0 9,1 SANS Institute. „The Prince Mohammad Bin Salman College for Cyber Security, Artificial Intelligence & Advanced Technologies has signed a Memorandum of Understanding (MoU) with the SANS Institute to benefit of the professional and specialised training in the different fields of cyber security.“. LinkedIn. „The memorandum was signed by the Dean of the College Dr. Abdullah Al-Dahlawi – on behalf of HE the General Supervisor of the Center for Studies and Media Affairs at the Saudi Royal Court & Chairman of the Saudi Federation for Cyber Security, Programming & Drones (SAFCSP) Dr. Saud Alqahtani“. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "SENS" defined multiple times with different content
  10. „Assessing the Saudi Government's Role in the Killing of Jamal Khashoggi“. Office of the Director of National Intelligence (11-fevral 2021-yil). 26-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 „FaceOf: Saud Al-Qahtani, Saudi Royal Court adviser“. Arab News. 30-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "bio" defined multiple times with different content
  12. „Global Magnitsky Designations“. Office of Foreign Assets Control (15-noyabr 2018-yil). — „AL-QAHTANI, Saud (a.k.a. ALQAHTANI, Saud Abdullah S), Riyadh, Saudi Arabia; DOB 07-Jul 1978-yil; POB Riyadh, Saudi Arabia; nationality Saudi Arabia; Gender Male; Passport D079021 (individual)“. 7-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2018-yil.
  13. 13,0 13,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named bi o
  14. Said al-Arabi. „Who is Saoud al-Qahtani, Saudi Arabia's Steve Bannon?“. Al-Araby Al-Jadeed (23-avgust 2017-yil).
  15. 15,0 15,1 Said al-Arabi. „Who is Saoud al-Qahtani, Saudi Arabia's Steve Bannon?“. Al-Araby Al-Jadeed (23-avgust 2017-yil).Said al-Arabi (August 23, 2017). „Who is Saoud al-Qahtani, Saudi Arabiaʼs Steve Bannon?“. Al-Araby Al-Jadeed.
  16. „Who is Saud al-Qahtani, the fired Saudi royal court adviser?“. Al Jazeera English (20-oktabr 2018-yil).„Who is Saud al-Qahtani, the fired Saudi royal court adviser?“. Al Jazeera English. October 20, 2018.
  17. Ignatius, David. „How a chilling Saudi cyberwar ensnared Jamal Khashoggi“. The Washington Post (7-dekabr 2018-yil).
  18. Madore, P. H.. „Saudi Arabia Wanted to Own Hacking Team“. Hacked.com (28-sentabr 2018-yil). 28-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2018-yil. „As late as 2015, it appears Hacking Team had ongoing interactions with the Saudi Royal Family, with H.E. Saud Al-Qahtani, an officer of the Royal Court, contacting them in late June in his capacity for “media monitoring” and more.“.
  19. 19,0 19,1 Franceschi-Bicchierai, Lorenzo. „How 'Mr. Hashtag' Helped Saudi Arabia Spy on Dissidents“. Vice Media (29-oktabr 2018-yil).
  20. „The Hackingteam Archives“. WikiLeaks. 30-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2018-yil.
  21. „nokia2mon2“. Hack Forums (25-yanvar 2018-yil). 30-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  22. 420cartel/@DaleInCyber. „Ex HF member nokia2mon2 directed murder of Jamal Khashoggi“. Hack Forums (23-oktabr 2018-yil). 30-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. „Ex-member of this site nokia2mon2 (Saud al-Qahtani) directed the murder of Saudi opposer Jamal Khashoggi over Skype. - https://www.alaraby.co.uk/english/comment/2018/10/23/fear-of-mbs-online-enforcer-lingers-after-his-sacking - https://www.middleeasteye.net/news/saudi-crown-princes-aide-directed-khashoggi-killing-over-skype-report [...] Proof Nokia2mon2 is Saud al-Qahtani - https://archive.today/o/XQaJT/https://twitter.com/3issaqtr/status/902728117357125633?lang=en“.
  23. „Royal Order: Appointing Saud Al-Qahtani as Advisor, at the Royal Court“. Saudi Press Agency (12-dekabr 2015-yil). — „Appointing Saud bin Abdullah Al-Qahtani, as an advisor, at the Royal Court, at the Ministerial Rank.“. 23-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  24. „Jeddah to host Drone Racing World Championship finals“. Bahrain News Agency (12-sentabr 2018-yil). „The event will be hosted by Saudi Federation of Cyber Security, Programming, and Drones (SAFCSP), under the patronage of the Saudi Royal Court advisor and the President of SAFCSP, Saud Alqahtani, Centre for International Communication (CIC) reported.“.
  25. „Saudi Federation for Cybersecurity, Programming and Drones signs a memorandum of understanding with the Advanced Electronics Company“. Saudi Press Agency (26-aprel 2018-yil). 30-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. „The Royal Adviser and Chairman of SAFCS Saud Al-Qahtani pointed out that this memorandum would[...]“.
  26. 26,0 26,1 Kerr, Simeon; Raval, Anjli; England, Andrew. „Saudi 'prince of darkness' lingers in the shadows“. The Financial Times (18-noyabr 2018-yil). Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "FT" defined multiple times with different content
  27. 27,0 27,1 Reuters. „Aide to Mohammed bin Salman 'supervised torture of female prisoner'“. The Daily Telegraph (7-dekabr 2018-yil). 10-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  28. Qiblawi. „Story of disappeared Saudi power couple spotlights dissident crackdown“. CNN.com. CNN (8-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 9-yanvar 2019-yil.
  29. Mazzetti, Mark; Hubbard, Ben; Barnes, Julian E.; Gibbons-Neff, Thomas; Kirkpatrick, David D.. „Year Before Killing, Saudi Prince Told Aide He Would Use 'a Bullet' on Jamal Khashoggi“. The New York Times (7-fevral 2019-yil).
  30. Mekhennet, Souad; Miller, Greg. „Jamal Khashoggi's final months as an exile in the long shadow of Saudi Arabia“. The Washington Post (22-dekabr 2018-yil). 27-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  31. 31,0 31,1 Harris, Shane; Mekhennet, Souad. „Saudi crown prince exchanged messages with aide alleged to have overseen Khashoggi killing“. The Washington Post (2-dekabr 2018-yil). Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "wapo" defined multiple times with different content
  32. Benner, Katie; Mazzetti, Mark; Hubbard, Ben; Isaac, Mike. „Saudis' Image Makers: A Troll Army and a Twitter Insider“. The New York Times.
  33. Jacinto, Leela. „Saudi 'Mr. Hashtag' becomes fall guy in Khashoggi case, but is he really down?“. France 24 (25-oktabr 2018-yil).
  34. dos Santos, Nina; Kaplan, Michael. „Jamal Khashoggi's private WhatsApp messages may offer new clues to killing“. CNN (3-dekabr 2018-yil). „Chillingly, the men mention also Saud al Qathani, bin Salman's powerful social media enforcer -- fired and under investigation in Saudi Arabia amid claims by Turkey that he was the mastermind of Khashoggi's murder.“.
  35. Harris, Shane; Miller, Greg; Dawsey, Josh. „CIA concludes Saudi crown prince ordered Jamal Khashoggi's assassination“. The Washington Post (16-noyabr 2018-yil). 3-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. „Mutreb called Saud al-Qahtani, then one of the top aides to Mohammed, and informed him that the operation had been completed, according to people familiar with the call.“.
  36. „Saudis: Saudi-Commissioned Report Contests U.S. Finding About Khashoggi's Killing“. The Wall Street Journal (7-fevral 2019-yil).
  37. Fahim, Kareem. „Turkey issues arrest warrants for allies of Saudi Arabia's crown prince“. The Washington Post (5-dekabr 2018-yil).
  38. Enes Can, Muhammed. „Turkey: Arrest warrants out for ex-Saudi officials“. Anadolu Agency (5-dekabr 2018-yil). „The decision of the court came after Istanbul Chief Public Prosecutor's Office demanded arrests of Saud al-Qahtani, a top aide to the crown prince, and Ahmed al-Asiri, former deputy intelligence chief, for their alleged involvement in the killing.“.
  39. „Saudis: No extradition of suspects to Turkey“. Jiji Press (10-dekabr 2018-yil). 10-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  40. „Named as a key Saudi suspect in Khashoggi killing, former top royal adviser drops out of sight“. The Washington Post. Qaraldi: 7-yanvar 2019-yil.
  41. „Khashoggi case: Saudi refuses to confirm Qahtani's whereabouts“. Al Jazeera (8-yanvar 2019-yil).
  42. McKernan, Bethan; agencies. „Saudi Arabia sentences five to death for murder of Jamal Khashoggi“ (en-GB). The Guardian (2019-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 23-dekabr.
  43. Jamal Khashoggi: Saudis sentence five to death for journalistʼs murder, Frank Gardener, 23 December 2019, BBC
  44. Kirchgaessner, Stephanie; Hopkins, Nick. „Rumours grow of rift between Saudi king and crown prince“. The Guardian (5-mart 2019-yil).
  45. „U.N. Suggests Bezos' Phone Was Hacked Using Saudi Crown Prince's Account“. The Wall Street Journal (23-yanvar 2020-yil).
  46. Zetter, Kim; Cox, Joseph. „Here Is the Technical Report Suggesting Saudi Arabia's Prince Hacked Jeff Bezos' Phone“. Vice Media (22-yanvar 2020-yil). „The digital forensic results, combined with a larger investigation, interviews, research, and expert intelligence information, led the investigators “to assess Bezos’ phone was compromised via tools procured by Saud al Qahtani,” the report states.“.Zetter, Kim; Cox, Joseph (January 22, 2020). „Here Is the Technical Report Suggesting Saudi Arabiaʼs Prince Hacked Jeff Bezos' Phone“. Vice Media. The digital forensic results, combined with a larger investigation, interviews, research, and expert intelligence information, led the investigators "to assess Bezos’ phone was compromised via tools procured by Saud al Qahtani, " the report states.
  47. Ferrante, Anthony J.. „Project Cato“. FTI Consulting (2019-yil noyabr). Qaraldi: 22-yanvar 2019-yil.
  48. „Jeff Bezos hack: Amazon boss's phone 'hacked by Saudi crown prince'“ (22-yanvar 2020-yil).
  49. Frenkel, Sheera. „How Jeff Bezos' iPhone X Was Hacked“. The New York Times (22-yanvar 2020-yil).
  50. UN experts call for investigation into allegations that Saudi Crown Prince involved in hacking of Jeff Bezos’ phone
  51. „UN fingers Israeli spyware firm in Bezos hack“.
  52. @iyad_elbaghdadi. „RIP @saudq1978“ (27-avgust 2019-yil).
  53. Carey, Glen. „Mystery Surrounds Saudi Crown Prince's Enforcer in Year Since Khashoggi Death“. Bloomberg News (12-sentabr 2019-yil). 14-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  54. Chulov. „Saudi aide accused of directing Khashoggi murder edges back to power“. The Guardian. The Guardian. Qaraldi: 8-oktabr 2021-yil.