Sana Khan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sana Khan
Tavalludi 1988-yil 21-avgust[1][2]
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2002—2020-yillar
Turmush oʻrtogʻi Mufti Anas Sayied
Veb-sayti facespabysanakhan.com

Sana Khan - hindistonlik sobiq aktrisa, model va raqqosa.[3][4] U asosan hind, tamil va telugu tillaridagi filmlarda ishlagan.

Sana Khan oʻz karyerasini modellikdan boshlagan va reklamalar, badiiy filmlar va telekoʻrsatuvlarda ishtirok etgan. U 5 tilda 14 ta filmda rol oʻynagan va 50 dan ortiq reklama roliklarida suratga tushgan. Sana Khan 2012-yilda Bigg Boss 6 realiti-shousida ishtirok etgan va finalchi boʻlgan.[5]

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Khan Mumbayda (Dxaravi) tugʻilib oʻsgan. Uning otasi Kerala shtatining Kannur shahridan malayali musulmon, onasi Saida esa Mumbaylik.[6]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Khan 2005-yilgi kam budjetli „Yehi Xay High Society“ hind filmida aktyorlik debyutini qilgan.[7] Keyinchalik u televideniyedagi reklama roliklarida koʻrinishni boshladi.

Sana Khanning debyut tamil tilli filmi "Silambattam" filmi boʻlib, Lakshmi Movie Makers tomonidan ishlab chiqarilgan 2008-yil dekabr oyida sahna yuzini koʻrgan edi.[8] Filmning bosh aktyori Silambarasan edi. Avvalroq Sana Khan „Kettavan“ filmidagi roli uchun shartnoma imzolagan. Shah Rukh Khan bilan reklamasini koʻrganidan keyin uni Silambattam filmidagi ayol bosh rolga chaqirishgan. U The Hindu nashriga bergan intervyusida shunday dedi: „Silambarasan Mumbayga Silambattam filmi uchun yangi yuz izlab keldi. U yerda u meni koʻrdi va meni tanladi. Men tamil kino sanoatida katta muvaffaqiyatga erishish uchun koʻp mehnat qilishim kerakligini bilardim. Xon filmni oʻzi uchun juda muhim deb bildi. U oʻzining, oʻziga xos brahman qishloq qizi Janu obrazi uchun maqtovga sazovor boʻldi va 2009-yilda Singapurda ITFAning eng yaxshi yangi aktrisa mukofotiga sazovor boʻldi.[9][10]

2010-yil mart oyida uning navbatdagi tamilcha filmi „Thambikku Indha Ooru“da rol oʻynbab chiqdi. Oʻsha yilning oxirida Khan telugu kino sanoatiga kirib, Nandamuri Kalyan Ramning 2010-yil noyabr oyida chiqqan Kalyanram Kathi filmida suratga tushdi.[11] Xonning navbatdagi ijodi 2011-yil fevral oyida ikki tilli "Gaganam / Payanam" triller filmidagi roli edi. Ushbu film mos ravishda telugu va tamil tillarida suratga olingan. Uning syujeti bu samolyotni oʻgʻirlash mavzusiga asoslangan edi.

2011-yil may oyida Khan Golden Movies „Kool.. Sakkat Hot Maga“da rol oʻynash bilan kannada filmlariga qadam qoʻydi. 2011-yil sentabrida[12] uning navbatdagi tamil filmi "Aayiram Vilakku"da rol oʻynab chiqdi. Filmda u Madurai qizini oʻynadi. 2012-yil mart oyida telugu tilidagi Janob Nookayya filmida Khan ofitsiant rolini oʻynab, filmga joziba qoʻshdi.[13] Khan oʻzining malayalam tilidagi debyuti „Climax“(2013-yilgi film) hind filmida („The Dirty Picture“ kompaniyasi ishlab chiqqan) janubiy hind aktrisasi Silk Smithani oʻynagan.[14][15][16] Khan shuningdek, Blue Ocean Pictures kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, uning oltinchi roli hisoblangan, tamil filmi „Talayvan“da ham rol oʻynadi.[17]

Khan Bollivudning 2014-yil 24-yanvarda chiqqan[18] „Jai Ho“ filmida asosiy antagonist Danny Denzongpaning qizi rolini oʻynaydi. U Sharman Joshi va Gurmeet Choudhary bilan birgalikda Wajah Tum Ho[19] filmida suratga tushdi.[20][21][22] Film Hindistonning kino kassalarida muvaffaqiyatsiz boʻldi. Uning filmdagi Gurmeet va Rajneesh Duggal bilan boʻlgan sahnalari YouTubeda treyler sifatida chiqqandan keyin koʻp muhokama qilindi. Khan „Toilet: Ek Prem Katha“[23][24] filmida Akshay Kumarning qiz doʻsti rolini ijro etgan. Uning boʻlajak filmi „Tom, Dick and Harry 2“ boʻlib, unda Aftab Shivdasani va Sharman Joshi bilan birga rol ijro etgadi.

Televizion reklamalarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Khan 50 dan ortiq reklama filmlarida rol oʻynagan, jumladan 2007-yil iyul oyida Shirish Kunder rejissori boʻlgan kosmetik reklamada ham rol oʻynagan.[25] U shuningdek, Secret Temptationning dezodorant brendi, Yatra.com va Xbox 360 videooʻyin konsoli uchun reklamalarda qatnashgan.

2007-yil mart oyida Khanning Amul Macho brendi uchun televideniye reklamasida qatnashdi.[26] Bu katta bahs-munozaralarga sabab boʻldi va Hindiston hukumati tomonidan shahvoniy deb topilib taqiqlangan.[27] Khan shunday dedi: „taqiqni va odamlar menga qarshi norozilik uyushtirishi va Mumbayda mening plakatlarimni yoqib yuborishni unuting. Oxir-oqibat, ijodiy sohadagi odamlar ishimni yaxshi koʻrishdi“. Kompaniya Khanni qayta ishga oldi, reklamalarning boshqa mavzudagi davomini suratga oldi va uni 2008-yilning fevralida chiqardi.

Bigg Boss shousi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil oktabr oyida Khan Big Brother, Bigg Boss realiti shousining hind versiyasining oltinchi mavsumida taniqli ishtirokchi edi. Shouga kirishdan oldin u shunday dedi: „dunyoga haqiqiy oʻzimni koʻrsatishni xohlayman“.[28] U shou orqali juda mashhur boʻldi va uchinchi oʻrinni egallagan boʻlsa-da, oxirigacha shouda qolishga muvaffaq boʻldi. U PTIga shunday dedi: „Men kuchli uchlikka kirganimdan xursandman. Men buni kutmagan edim“.[29]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil fevral oyida Khan xoreograf Melvin Louis bilan yaqin munosabatda ekanligini tasdiqladi.[30] Ular 2020-yilning fevral oyidan ajralishgan.[31]

2020-yil 8-oktabrda Khan Instagram akkauntida koʻngilochar industriyani tark etayotgani va „insoniyatga xizmat qilishini“ aytgan xabarni joylashtirdi.[32][33]

2020-yil 21-noyabrda Khan Suratda islom olimi Mufti Anas Sayiedga turmushga chiqdi.[34][35][36]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Rol Til Izohlar
2005 Yehi Hai High Society Sonya hind
2006 E Maxsus koʻrinish Tamil qoʻshiqda oʻziga xos koʻrinish
2007 Bombay to Goa Maxsus koʻrinish hind qoʻshiqda oʻziga xos koʻrinish
2007 Dhan Dhana Dhan Goal Maxsus koʻrinish Billo Rani qoʻshigʻi
2008 Silambattam Jaanu Tamil
2008 Halla Bol Saniya hind
2009 Tom, Dick, and Harry: Rock Again...
2010 Thambikku Indha Ooru Divya Tamil
2010 Kalyanram Kathi Anjali Telugu
2011 Gaganam Sandhya Telugu Ikki tilli film
2011 Payanam Tamil
2011 Kool...Sakkath Hot Maga Kajol Kannada
2011 Aayiram Vilakku Megha Tamil
2012 Mr. Nookayya Shilpa Telugu
2013 Climax Poongkodi/Supriya Malayalam
2013 Thalaivan Tamil
2014 Jai Ho Kavita Singx Patil hind
2016 Wajah Tum Ho Siya
2017 Toilet: Ek Prem Katha Keshavning sevgilisi Cameo koʻrinishi[37]
2019 Ayogya Oʻzi Tamil „Vera Level U“ qoʻshigʻidagi maxsus koʻrinish

Televideniye[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Shou Manba
2012–2013 Bigg Boss 6 [38]
2013 Bigg Boss 7
2014 Jhalak Dikhhla Jaa 7
2015 Bigg Boss Halla Bol! [39]
Fear Factor: Khatron Ke Khiladi 6 [40]
Killerr Karaoke Atka Toh Latkah
Bigg Boss 9 [41]
2016 Comedy Nights Bachao [42]
Box Cricket League 2 [43]
Comedy Nights Live
Bigg Boss 10
2017 Yeh Rishta Kya Kehlata Hai
2017 Entertainment Ki Raat
2018 Bigg Boss 12 [44]
2019 Kitchen Champion 5 [45]
Bigg Boss 13 [46]

Veb-seriyallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Ism Rol Platforma Manba
2018 Zindabod Benazir Khan JioCinemaVB on The Web [47]
2020 Maxsus OPS Sonya Hotstar [48]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „PIX: Sana Khan's birthday bash“. Rediff. Qaraldi: 23-dekabr 2019-yil.
  2. „Sana Khan celebrates birthday with Ajaz Khan, Rajeev Paul“ (22-avgust 2015-yil).
  3. Kumar, S. R. Ashok. „My First Break – Sana Khan“. The Hindu (18-fevral 2010-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2012-yil.
  4. Ali, Amin. „Celeb cook in: Sana Khan“ (inglizcha). The Times of India (9-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 18-aprel 2022-yil.
  5. „Sana Khan in Bigg Boss Hala Bol as fifth challenger!“. Qaraldi: 2-yanvar 2015-yil.
  6. Pillai, Sreedhar. „Simbu's new girl“. The Times of India (9-noyabr 2008-yil). 25-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2009-yil.
  7. „Yehi Hai High Society“. Hungama Digital Media Entertainment Pvt. Ltd.. Qaraldi: 17-noyabr 2012-yil.
  8. „Silambattam gets ready for release“. The Times of India. TNN (16-dekabr 2008-yil). 3-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2012-yil.
  9. „Bigg Boss > Contestants > Sana Khan“. 9-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2012-yil.
  10. „Sana Khan on aayiram vilakku Part 2“. behindwoodstv (on Youtube). Qaraldi: 29-noyabr 2012-yil.
  11. Ramchander. „Kalyanram Kathi – Movie Review“. One Indian Entertainment/ Greynium Information Technologies Pvt. Ltd (12-noyabr 2010-yil). 16-aprel 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2012-yil.
  12. „Tamil " Movies " Aayiram Vilakku“. One India Entertainment/Greynium Information Technologies Pvt. Ltd.. 15-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2012-yil.
  13. Dundoo, Sangeetha Devi. „Mr. Nookayya: A thriller that meanders“. The Hindu (10-mart 2012-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2012-yil.
  14. „Sana Khan as 'Silk' Smitha in Malayalam“. The New Indian Express. Express Features (16-iyun 2012-yil). 2012-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2012-yil.
  15. „First Look: Sana Khan as Silk Smitha in Climax“. Rediff.com (16-avgust 2012-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2012-yil.
  16. Nayar, Parvathy S. „Sana Khan moves from the Bigg Boss house to a new house!“. The Times of India. TNN (16-fevral 2013-yil). 11-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2013-yil.
  17. „Thalaivan“. The Times of India. TNN (13-avgust 2012-yil). 3-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2012-yil.
  18. „Bigg Boss contestant Sana Khan feels blessed to act with Salman Khan“. The Indian Express. Press Trust of India (17-mart 2013-yil). Qaraldi: 20-mart 2013-yil.
  19. „Wajah Tum Ho: Why so much noise over intimate scenes, asks Sana Khan“ (20-oktabr 2016-yil).
  20. „Ready to witness live murder on TV? - Times of India“. The Times of India. Qaraldi: 23-dekabr 2019-yil.
  21. „Sana Khan: Can't believe it's me in 'Wajah Tum Ho'“. The Times of India (6-avgust 2016-yil). Qaraldi: 7-avgust 2016-yil.
  22. „Sana Khan goes bold for erotic thriller Wajah Tum Ho“. Bollywood Hungama (4-aprel 2016-yil). Qaraldi: 7-avgust 2016-yil.
  23. ANI. „Working with Akshay Kumar in 'Toilet:Ek Prem Katha' was challenging: Sana Khan“. Business Standard (20-iyul 2017-yil). Qaraldi: 18-aprel 2022-yil.
  24. „Going de-glam! Sana Khan looks unrecognisable in 'Toilet: Ek Prem Katha'“ (inglizcha). mid-day. Qaraldi: 29-may 2017-yil.
  25. Padukone, Chaitanya. „Sanaa fulfills her 'fantasy'“. DNA (16-iyul 2007-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2012-yil.
  26. „'Bigg Boss 6': Who is Sana Khan? Hint – 'Ye toh bada toing hai!'“. IBNLive/IBN South (8-oktabr 2012-yil). 15-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2012-yil.
  27. Mukhopadhyay. „Company launches banned innerwear ad's sequel“. CNN-IBN (20-fevral 2008-yil). 4-iyul 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2012-yil.
  28. Thomas. „I will flaunt my age: Sana Khan“. Postnoon (8-oktabr 2012-yil). 2012-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  29. „Sana Khan wants to work in Bollywood“. The Times of India. Press Trust of India (13-yanvar 2013-yil). 29-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2013-yil.
  30. „Bigg Boss contestant Sana Khan confirms dating choreographer Melvin Louis“. The Times of India (14-fevral 2019-yil). Qaraldi: 14-fevral 2019-yil.
  31. „Sana Khan shares screenshots of personal messages after ex-boyfriend Melvin's cryptic post - Times of India ►“ (inglizcha). The Times of India (13-fevral 2020-yil). Qaraldi: 13-fevral 2020-yil.
  32. Raghuvanshi, Aakanksha. „"My Happiest Moment": Bigg Boss Alumnus Sana Khan Quits Showbiz“. NDTV.com (9-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2020-yil.
  33. Farzeen, Sana. „Sana Khan quits showbiz, says 'want to serve humanity'“ (inglizcha). The Indian Express (9-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2020-yil.
  34. „Bigg Boss 6 fame Sana Khan gets married to Mufti Anas in Surat after quitting showbiz“ (21-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 21-noyabr 2020-yil.
  35. „Sana Khan ties knot with Mufti Anas in Gujarat“ (21-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2020-yil.
  36. Raghuvanshi, Aakansha. „Sana Khan married Anas Sayed in an intimate ceremony“. NDTV (21-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2020-yil.
  37. Hungama. „Sana Khan to play Akshay Kumar's girlfriend in Toilet – Ek Prem Katha – Bollywood Hungama“ (3-fevral 2017-yil). Qaraldi: 30-iyul 2017-yil.
  38. „BIGG BOSS 6 grand finale: Urvashi Dholakia is the winner“. Hindustan Times. 12-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2013-yil.
  39. „Bigg Boss 8: Sana Khan is the fifth challenger“. Hindustan Times (2-yanvar 2015-yil). 2-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2015-yil.
  40. „Sana Khan to participate in 'Khatron Ke Khiladi'?“ (5-noyabr 2014-yil).
  41. „Bigg Boss 9: Hotel BB9 Welcomes Andy, Ali and Sana“ (4-noyabr 2015-yil).
  42. „Comedy nights bachao, Full Episode -22, February 6th 2016“. Colors TV. 7-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-fevral 2016-yil.
  43. TNN. „200 Actors, 10 Teams, and 1 Winner... Let The Game Begin“. The Times of India (18-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 26-aprel 2018-yil.
  44. Farzeen, Sana. „Sana Khan, Sapna Choudhary and Zorawar Kalra to enter Bigg Boss 12“ (inglizcha). The Indian Express (1-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
  45. „Parth Samthaan and Sana Khan the next guests on Kitchen Champion - Times of India“ (inglizcha). The Times of India (10-aprel 2019-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
  46. „Sana Khan, Urvashi Rautela to enter Bigg Boss 12“. The Indian Express. Qaraldi: 26-oktabr 2018-yil.
  47. Paul, Shreya. „Vikram Bhatt on his web series Zindabaad: It's a story of friendship and mutual suffering across borders“. Firstpost (3-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.
  48. Khan, Arbab Kamal. „Sana Khan overwhelmed after seeing herself in Neeraj Pandey's Special Ops poster, breaks into tears at the press conference“. NewsX (28-fevral 2020-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]