Telugu tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Telugu tili
Milliy nomi తెలుగు
Rasmiylik holati

Hindiston Hindiston

Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 80 milliondan ortiq
Oʻrni 13-17
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi Dravid tillari
Alifbosi tegulu
Til kodlari
ISO 639-1 te
ISO 639-2 tel
ISO 639-3 tel

Telugu (andhra) tili - dravid tillaridan biri. Hindistonning Andhra Pradesh shtatining rasmiy tili, qoʻshni shtatlar, shuningdek, Shri Lanka, JAR, Myanma, Malayziya, Singapur va boshqa joylarda tarqalgan. Hammasi boʻlib 75 mln. dan ortiq (1996) kishi soʻzlashadi. Telugu tili lahjalari 4 guruhga boʻlinadi: shim.sharqiy, markaziy, shim.gʻarbiy va janubiy. Ular oʻrtasidagi fonetik va morfologik tafovutlar uncha katta emas. Telugu tilida grammatik jihatdan oʻziga xos hodisalar mavjud: 1 va 2 shaxs kishilik olmoshlarining maxsus shakllari, tuslanishli va tuslanisheiz feʼllarning ayrim koʻrsatkichlari. Eng qad. yodgorliklari 525—600-yil larga mansub. Adabiy til 14—17-asrlarga kelib shakllangan hamda unga sanskrit va prakrit tillari kuchli taʼsir oʻtkazgan. 19-asr boshida Telugu tilining adabiy shakli ogʻzaki tildan jiddiy farq qilib qoldi 19-asr oxiridan ogʻzaki soʻzlashuv tiliga yaqin yangi adabiy til uchun harakat boshlandi. Yozuvi brahmining jan. shaklidan kelib chiqqan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Petrunicheva Z. N., Yazoʻk telugu, M., 1960.