Salvador (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salvador, Baiya — Braziliyaning shim.sharqiy qismidagi shahar, ToduzusSantus qoʻltigʻi sohilida. Baiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,4 mln. kishi (2000). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Atlantika okeani soxilidagi port (chetga kakao, kofe, tamaki, shakarkand, texnik olmos va b. chikariladi). Kime, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, sement sanoati korxonalari mavjud. Shahar yaqinidan texnik olmos, neft va gaz qazib olinadi. Sdan shimolroqda neftni qayta ishlash, neft kimyosi, qora metallurgiya, mashinasozlik sanoati korxonalari ishlab turibdi. 2 universitet, badiiy va b. muzeylar bor. Shaharga 1549 y.da asos solingan va 1763 y.gacha Braziliya poytaxti boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 16—18-a.larga oid saroy, sobor va monastirlar saqlangan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil