Sakkizinchi O'g'il? Qo'ysangizlarchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sakkizinchi O'g'il? Qo'ysangizlarchi

Anime logotipi
Rejissyor(lar) Tatsuo Miura
Ssenariynavis(lar) Takeshi Miyamoto
Bastakor(lar) Minako Seki
Studiya(lar) Shin-Ei Animation SynergySP
Chiqarilgan sanasi 2-aprel 2020-yil — 18 iyun-2020-yil
Davomiyligi 12 seriya , 23 daqiqadan
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tillar yaponcha, inglizcha, ruscha

Sakkizinchi Oʻgʻil? Qoʻysangizlarchi (yaponcha: って、それはないでしょう!) - 2020-yilda yaponiyalik rejissyor Tatsuo Miura boshchiligida Shin-Ei Animation va SynergySP studiyalari hamkorligida yaratilgan anime. Ushbu anime drama, sarguzasht, fentezi va ekshen janirlarida yaratilgan boʻlib, shu nomdagi 2015-yildan chop etila boshlagan mangaga asoslanadi.

Manga[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Sakkizinchi Oʻgʻil? Qoʻysangizlarchi" – mangasi va anime serialidan oldin shu nomdagi romanga yaratilgan boʻladi. Uni Shōsetsuka ni Naro havaskorlar onlayn jurnalida 2013-yilning iyunidan 2017-yilning martigacha boʻlgan davirda nashr etib borishadi. Roman mualliflari shu jurnal foydalanuvchilari YA va Fujichoko hisoblanadi. YA tahalusda ijod etgan yozuvchi boʻlib romani soʻzlarini yozgan, Fujichoko esa roman rasimlarini chizgan. Keyinchalik Media Factory nashri romanga egalik huquqini sotib oladi va 2014-yil aprel oyidan oʻzining MF Books jurnalida birinchi jildini chop etadi. 2015-yilda Kadakova Shoten nashriyotining Comic Walker veb-sayti orqali roman manga koʻrinishida taqdim etiladi. 2023-yil yanvarida oʻn ikkinchi tankobon jildi chiqariladi[1].

Jild Nashr qilingan sana Yapon ISBN
1 2015 yil 19 sentyabr ISBN 978-4-04-067796-5
2 2016 yil 22 mart ISBN 978-4-04-068150-4
3 2016 yil 21 noyabr ISBN 978-4-04-068664-6
4 2017 yil 22 iyun ISBN 978-4-04-069257-9
5 2018 yil 22 mart ISBN 978-4-04-069696-6
6 2019 yil 21 yanvar ISBN 978-4-04-065197-2
7 2019 yil 23 dekabr ISBN 978-4-04-064207-9
8 2020 yil 23 aprel ISBN 978-4-04-064468-4.
9 January 22, 2021 ISBN 978-4-04-680049-7
10 September 21, 2021 ISBN 978-4-04-680807-3
11 May 23, 2022 ISBN 978-4-04-681386-2
12 January 23, 2023 ISBN 978-4-04-682077-8

Anime[tahrir | manbasini tahrirlash]

Media Factory studiyasi "Sakkizinchi O'g'il? Qo'ysangizlarchi" animesi yaratilishini 2018-yilning 14-dekabirida e'lon qildi[2][3]. Anime yaratilgach 2018-yilning 2-aprelidan 18-iyuniga qadar Yaponiyaning Tokyo MX, BS11 va AT-X telekanallarida namoish etilgan[4]. Tatsuo Miura rejissorlik qilgan anime ssenariysini Takeshi Miyamoto yozgan bo'lsa, Minako Seki musiqalarini bastalagan[5][6].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oddiy ofis ishchisi Shingo Ichinomiya zamonaviy Yaponiyada yashar edi. Yolgʻizlikda yashovchi 25-yoshli yigit ishdan qaytib oʻzi uchun ovqat tayyorlashni boshlaydi. Taomlanishga oʻtirgan chogʻi birdan koʻzi ilinib uhlab qoladi va ajoyib tush koʻradi. Oʻrta asirlar yevropasidagi bazimda 5 yoshli bola tanasida uygʻongan Shingo buni ajoyib tush deb oʻylaydi. U uygʻonishga harakat qiladi lekin barbir tushi davom etadi. Keyin voqealar borgan sari reallashadi va bu uning haqiqiy oʻngi ekanligini tushunadi. Maʼlum boʻlishicha Shingo boshqa olamda, nochorlashib qolgan asilzodalar oilasi aʼzosi boʻlib oilaning eng kenja, sakkizinchi oʻgʻli boʻladi. Uni bu olamdagi ismi Vendelin fon Benno Baumeyster ekanligi va boshqa onalardan yana yettita akasi borligi juda hayratga soladi. Bu olam qonunlariga muofiq barcha merosga katta oʻgʻil Kurut egalik qilgani uchun Vendelinning qolgan oltita akasi voyaga yetib uyni tark etadi, u esa ulgʻayguniga qadar qasrda yashashi mumkin edi. Vendelin otasining kutubxonasidagi sehirni aniqlovchi kitobdan oʻzining sehirgarlik qobilyati borligini aniqlaydi. Bir kuni oʻrmonda rezavorlar terib yurganda Alferd Reinford isimli sehirgarga duch keladi va uning bu olamdagi sarguzashtlari boshlanadi.

Ovoz bergan aktyorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Sakkizinchi O'g'il? Qo'ysangizlarchi" animesining yapon va ingliz tillarida quydagi aktyorlar ovoz bergan[7]. Anime o'zbek tiliga ham yarjima qilingan bo'lib 13 yoshdan katta tomoshabinlar ko'rishi tavfsiya etiladi[8].

Qahramon ismi Yapon tilida ovoz bergan aktiyorlar Ingliz tilida ovoz bergan aktiyorlar
Vendelin Junya Enoki Shizuka Ishigami
Elise Asuka Nishi Reba Buhr
Ervin Hiro Shimono Billy Kametz
Louise Yuuna Mimura Cherami Leigh
Iina Mikako Komatsu Erica Mendez
Vilma Mao Ichimichi Veronica Taylor
Alfred Reinford Yusaku Yara Patrick Seitz
Klimt Kristoff von Armstrong Masashi Yamane Matthew David Rudd
Brantack Lyngstad Yusaku Yara Patrick Seitz

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sakkizinchi o'g'il? Qo'ysangizlarchi 12 jild“. www.kadokawa.co.jp. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  2. „Hachinantte Sore wa Nai Deshō! Fantasy Light Novels Get Anime“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  3. „Hachinantte Sore wa Nai Deshō! Fantasy Anime's Ad Reveals 2020 Airing“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  4. „Sakkiznchi o'g'il“. http://hachinan-anime.com/. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  5. „The 8th son? Are you kidding me?' TV Anime's Promo Video, Visual Revealed“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  6. „The 8th son? Are you kidding me?' TV Anime's 1st Promo Video Previews Cast Voices“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  7. „'The 8th son? Are you kidding me?' TV Anime Reveals 8 More Cast Members“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  8. „Sakkizinchi O'g'il? Qo'ysangizlarchi [13+“]. amediatv.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.