Said Umarxo‘ja Norxo‘jayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Norxo‘jayev Said Umarxo‘ja — 35 yoshda, Asaka rayoni Niyozbotir qishlog‘idan, o‘zbek, diniy ishlar xizmatchisi, eshon, savdogarlardan. Hibsga olingunga qadar Qayrog‘och qishlog‘idagi masjidda imomlik qilgan. Aksilinqilobiy, isyonchi guruh rahbarlaridan biri sifatida 1936-yil avgustida o‘z uyida yig‘in o‘tkazib, targ‘ibot qilib, troskiychilarning terrorchilik faoliyatini maqtaganlikda ayblangan. Niyozbotir qishlog‘i masjidida imom sifatida va Shahobiddinov, Ollayorovlar uylaridagi yig‘inlarda ishtirok etgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 29 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.