Safo Zufarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Safo Zufarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1909-yil
Toshkent shahri
Vafoti 1977-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek
Kasbi
  • pedagog
  • lingvist

Safo Zufarov (1909—1977) — sovet pedagogi, lingvist va fan doktori.

Hayoti va mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Safo Zufarov Toshkent shahrida oddiy kosib oilasida dunyoga kelgan. 1918—1924-yillarda „Namuna“ maktabida tahsil olgan. 1925—1931-yillarda esa N.Narimonov nomidagi pedagogika bilim yurtida oʻqigan hamda shu maktabda oʻzbek tili va adabiyotidan dars bergan. 1934-1936-yillarda Oʻzbekiston fanlar qoʻmitasi Til va adabiyot institutida ilmiy hodim va aspirant lavozimida ishlagan.

Surgundan ozod boʻlgach 1941—1944-yillarda Toshkent viloyati Yangi yoʻl tumanida maorif boʻlimida va Samarqand viloyati Forish tumanida 18-oʻrta maktabda direktor va oʻqituvchi vazifasida faoliyat olib boradi. 1944-yilda Samarqand universitetida oʻzbek tili oʻqituvchisi lavozimida ishlaydi.

Safo Zufarov 1957-yilda surgundan qaytib kelgach, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi til va adabiyoti institutining lugʻat boʻlimida hamda H.Sulaymonov nomidagi qoʻlyozmalar institutida ilmiy hodim vazifasida ishlagan. 1966-yilda „Oʻzbek tilining Sayram shevasi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan[1].

Surgunlarda boʻlib, qiyinchiliklarn boshdan kechirgan Safo Zufarov oʻzbek tilshunosligining birinchi professorlaridan biri hisoblanmish Gʻozi Olimning unga bergan maslahatlari haqida shunday deb eslaydi:

— 1930-yillari N.M.Marra nomidagi Leningrad Til va Falsafa universitetida aspirant boʻlib oʻqiganimda men oʻqituvchilar bilan uchrashdim. Oʻsha vaqtda Gʻozi Olim Yunusov sharqshunoslik universitetiga ilmiy kotib vazifasida ishlashga keladi. Oʻshanda u menga koʻplab maslahatlar berdi. Shunday Polivanov va Batmanov kabi katta lingvistlar Gʻozi ogʻa bilan qanchalar ehtiyotkorona, har bir soʻzni oʻylab bahsga kirishganlarini haligacha eslayman[2].

Ayblov[tahrir | manbasini tahrirlash]

1936-yil iyunda NKVD tomonidan qamoqqa olingan va 5 yilga surgun qilingan. 1941-yil 29-martda surgundan ozod qilingan. 1945-yil 20-iyunda ikkinchi bor qamoqqa olingan. 1945-yil 30-noyabrda NKVD tomonidan 10 yilga surgun qilingan.

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1977-yilda vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635 bet. ISBN 978-9943-5789-3-7. 
  2. „Трагедия ученого-лингвиста“. oyina.uz. Qaraldi: 11-may 2024-yil.